1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

5-mustaqil ta’lim
Mashina tarjimasi morfoanalizatori uchun o‘zbek tilining morfologik modelini shakllantirish
Avtomatik tarjima bo’yicha dastlabki g’oyalar ingliz olimi Charlz Bebbidj tomonidan 1836-1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, mexanik-elektron mashinalar tillar o’rtasidagi struktur o’xshashliklar asosida kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga oshirishi mumkin. Uning loyihasi bo’yicha 50 ming ta so’z xotira kuchiga ega bo’lgan elektron mashinalar 100000 ta so’zni avtomatik ravishda tarjima qilishi zarur bo’ladi.
1949 yilda Ch.Bebbidjing g’oyalaridan ta’sirlangan amerikalik olim Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish nazariyasi bo’yicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi. Shundan so’ng AQSHda MT bo’yicha kollaboratsiyalar, hamkorlik loyihalari yaratildi. Mashina tarjimasi bo’yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952 yilda Massachusets texnologiya institutida o’tkazildi.
1954-yilda AQShdagi Jorjtaun Universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o’tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha “Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o’tkazildi. Bu tajribaning bazasi algoritmlardan iborat bo’lib, 50000 ta so’z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
Rossiyada mashina tarjimasi yo’nalishining pionerlari D.Yu.Panov, A.A.Lyapunov, I.S.,Muxinlar sanaladi. Shundan so’ng O.S.Kulagina, I.A.Melchuk, Yu.A.Motorin, Yu.N.Marchuk,
R.G.Piotrovskiy kabi olimlar ularning izdoshlari sifatida avtomatik tarjima tizimini rivojlantirdilar. Sobiq SSSRda mashina tarjimasi bo’yicha birinchi tajriba 1955 yilda o’tkazildi. Shundan so’ng O.S.Kulagina va I.A.Melchuk rahbarligi ostida Amaliy matematika institutida mashina tarjimasi bo’yicha uchta yirik tajriba tizimi yaratildi: fransuzchdan ruschaga (FR-1), inglizchadan ruschaga va fransuzchadan ruschaga (yangi variantda). 1959 yilda Moskva davlat lingvistik universitetida mashina tarjimasi laboratoriyasi ochildi. Moskvada 1974 yilda INFORM-ELEKTRO institutida fransuzcha-ruscha (ETAP-1), inglizcha-ruscha (ETAP-2) hamda nemischa-ruscha (NERPA) avtomatik tarjima tizimlarini yaratish bo’yicha amaliy tadqiqotlar jonlandi.
1960-yilda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining avtomatik tarjimaga bag’ishlangan maxsus yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda avtomatik tarjima bo’yicha professor A.Belonogov rahbarligida maxsus laborotoriya tashkil qilindi.
Bugungi kunda avtomatik tarjimani quyidagi sistemalari mavjud. 40 mln.ta so’z xotira kuchiga ega YEUROTRA sitemasi – Yevropa olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. U barcha Yevropa tillari bo’yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi 40 mln. ta so’z xotira kuchiga ega. Dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi. Ya’ni qaysi tilda Windows operatsion tizimi versiyasi mavjud bo’lsa, shu tilda avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. Lingvo sistemasi (lingvo kompyuter lug’ati) – bu lug’atga ham dunyoning 40 tilidagi ma’lumotlari jamlangan. 1990 yillarda Amerikada Global Link, Rossiyada PROMT avtomatik tarjima tizimlari yaratildi.

Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə