1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

6-mustaqil ta’lim
Ilmiy asarlardagi barqaror birikmalarning lingvistik bazasini shakllantirish
Tilshunoslikda turg‘un birikmalar sifatida frazema va idiomalar nazarda tutiladi.
Ingliz tilida frazema terminiga har xil yondashuvlar mavjud. Ayrim adabiyotlarda fe’l yoki ravish bilan keluvchi predloglarning birgalikda muayyan ma’noga tenglashishi, leksikologiyaga bag‘ishlangan asarlarda predlog bilan keluvchi ot, sifat, fe’l hamda ravish so‘z turkumlarining o‘zaro yaxlitlanib yagona ma’noda kelishi tushuniladi.
Informatsiyaning geometrik progressiya asosida keskin ko’payishi ularni boshqa tillarga tezkor tarjima qilinishini ta’minlovchi tizimlarga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Bunga javoban mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima yo’nalishida amaliy tadqiqotlar yaratila boshlandi. Eng ahamiyatli tomoni shundaki, mashina tarjimasiga oid izlanishlar kompyuter lingvistika fanining yuzaga kelishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi.
Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tarmoqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi ham faol yo’lga qo’yilgan.
Avtomatik tarjimaning kamchiliklari:
1. So’zlar avtomatik tarjima jarayonida to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinadi. Shuning uchun tarjimada grammatik qoidalarga deyarli rioya qilinmagan holda amalga oshiriladi
2. Avtomatik tarjima qilingan matnni uslub jihatdan tahrirlab chiqish zarur bo’ladi.
3. Hozirgi mavjud avtomatik tarjima qiluvchi sistemalar so’zlar birikuvini ham deyarli noto’g’ri tarjima qiladi.
4. Avtomatik tarjima polisemiya, omonimiya, troplar, frazeologizmlar, idiomalarni e’tiborga olmaydi.
Masalan, The bat looks like a mouse with wings gapini rus va o’zbek tiliga tarjima qilishda har bir so’zning polisemantik va omonimlik kabi semantik qirralarini e’tiborga olish zarur. Aks holda tarjima muvaffaqiyatli chiqmaydi. Jumladagi bat so’zi “ko’rshapalak”, “belkurak”, “to’qmoq”, “kichik ziyofat” kabi ma’nolarni, look so’zi esa “qaramoq”, “nigoh”, “ko’rinish” ma’nolarini anglatadi. Bunda mazkur so’zlarni rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilinayotganda mos ekvivalentini tanlash uchun kontekst va uning distributsiyasidan (qurshovidan) kelib chiqish zarur. Ushbu holat, ayniqsa, idiomatik ifodalar qatnashgan matnlar tarjimasida murakkablik tug’diradi. Masalan, You are an apple of my eyes jumlasi “Siz ko’zlarimning olmasisiz” tarzida so’zma-so’z tarjima qilinadi, chunki “apple” so’zining denotative ma’nosi “olma”dir. Lekin kontekstdan kelib chiqib tarjimaga yondashilsa, to’g’ri tarjima yuzaga chiqadi. Bunda jumlaning “an apple of my eyes” qismi idioma ekanligini nazarda tutish lozim va u “Siz ko’zimning oq-u qorasisiz” tarzidagi gap hosil bo’ladi.
Tipologik jihatdan o’xshash bo’lmagan, bir sistemaga mansub bo’lmagan tillarning avtomatik tarjimasi masalasi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Demak, lingvistik tipologiyadagi farqlarni izchil o’rganish, lingvistik universaliyalarni aniqlash, tillardagi frazeologizmlar, idiomalar, paremalar, sinonimlar, omonimlar naborini qat’iy belgilash asosida mexanik tarjimadagi muammolarni bartaraf etish mumkin.



Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə