1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə9/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

9-mustaqil ta’lim
Korpusga asoslangan lug‘at yaratish (sport sohasida)
Korpus lingvistikasi o`z- o`zidan paydo bo`lmagan. Korpus lingvistikasi yuzaga kelishi uchun ko`p asrlik korpuslar yaratish hamda korpus usullaridan foydalanish davri asos bo`lgan. Ammo bu ikki davr bir- biridan farq qiladi. Zamonaviy korpus lingvistikasi materialni elektron saqlasa, eski davrlarda kartoteka usullari orqali saqlangan. Bu davr korpus lingvistikasi tarixidagi dastlabki davr hisoblanadi va elektronlashishgacha bo`lgan davr deyiladi. Elektronlashishgacha bo`lgan davr ikki bosqichdan iborat:
Mil.avv. davrdan XVIII asrgacha;
XVIII asrdan XIX asrning 60- yillarigacha
Dastlabki bosqich mil.avv. V-VI asrlarda yaratilgan bo`lib, bu bosqichga Panini tomonidan yaratilgan mashhur qadimgi hind grammatikasi korpusi sifatida ham qaraladi. U og`zaki she`rlar shaklida og`izdan og`izga o`tgan. Bundan tashqari, Panini grammatikasi Sanskrit tilini ifodalovchi veda matnlari korpusi hisoblanadi. Boshqa elektronlashishgacha bo`lgan ko`plab korpuslar ham turli diniy kitoblar bilan bog`liq bo`lgan. Shulardan Injil matnlari korpusi mashhur bo`lgan va eng ko`p o`rganilgan. Undagi so`zlar ro`yxatiga mazkur Muqaddas kitobdagi she`rlarga havola ko`rsatilgan bo`lib, ular simfoniya yoki konkordans deb nomlangan. Shundan kelib chiqib ilk konkordanslar XIII asrning boshlarida paydo bo`lgan deyiladi. Konkordanslar tuzish (matnda uchraydigan so`z shakllarining alifbo tartibida joylashtirilgan ro`yxati.)Vikopediyada konkordanser so`ziga quyidagicha ta`rif beriladi: Konkordanser (inglizcha: concordance) – bu konkordansni avtomatik ravishda tuzib chiqish uchun kompyuter dasturi, ya`ni minimal kontekstda so`zdan foydalanishga yo`naltirilgan misollar ro`yxati yoki o`rganilayotgan matnda so`z yoki ibora uchraydigan barcha kontekstlar ro`yxati. Konkordanserlar matn korpusidagi ma`lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi, ular qidiruv tizimlari internetda ma`lumot izlayotgani kabi matnda qidirish imkonini beradi. Konkordanser ishining natijasi avtomatik tarjima tizimining bir qismi sifatida yoki mashina tarjimasining dastlabki bosqichlarida tarjima xotirasiga kirish ma`lumotlari bo`lib xizmat qilishi mumkin. Konkordanserlar korpus tilshunosligida ba`zi bir matn korpusidan lingvistik ma`lumotlarning alifbo tartibida yoki boshqacha tartiblangan ro`yxatini olish uchun ham qo`llaniladi, keyinchalik tilshunos ularni tahlil qiladi. Ikkinchi bosqich lug`atlar tuzish va lug`atshunoslikni rivojlantirish bilan bog`liq edi. Bugungacha ma`lum bo`lgan ko`pgina lug`atlar mualliflar tomonidan minglab kortotekalar asosida yaratilgan bo`lib ularni tasviriy korpuslar deb hisoblash mumkin.XXI asrga kelib dunyo tilshunosligida korpus lingvistikasini ilmiy va amaliy o`rganish jarayonlari kengaydi. Shu bilan birgalikda kompyuter lingvistikasida so`zlarni teglash nazariyasi, korpus bazasini yaratish, tabiiy tilni qayta ishlash va matnlarni tahlil qilish, electron lug`atlar tuzish dunyo tilshunosligida dolzarb masalaga aylandi. Xususan, o`zbek tilshunosligida bu soha XX asrning boshlarida nazariy tadqiqotlar bilan boshlandi. Shu o`rinda aytish mumkinki, 2021- yilda O`zbek tilining ta`limiy korpusi yaratildi. O`zbek tilining ta`limiy korpusi hali to`liq shakllanmagan. Zero, korpus birdaniga paydo qilinadigan tizim emas. Uning shakllanishi, rivojlanishi va kengayishi uchun vaqtlar va lingvistik izlanishlar zarur bo`ladi. O`zbek tilshunosligida korpus lingvistikasi hali dastlabki nazariyalar ishlab chiqilgan, amaliyoti endigina yo`lga qo`yilgan yosh soha hisoblanadi.
10-mustaqil ta’lim

Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə