1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə7/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

7-mustaqil ta’lim
Mashina tarjimasi sintaktik analizi uchun o‘zbek tilining sintaktik strukturalarini modellashtirish
Eng sifatli tarjima insonning aralashuvi bilan yuzaga chiqadi. Chunki tarjimon inson tabiiy tilining nozik qirralarini, semantik, grammatik va pragmatik jihatlarini nazarda tutgan holda tarjimaga yondashadi. Bunda yondashuv quyidagicha bo’lishi lozim: Mexanik tarjima yordamida tanlangan matnning tarjima qilingan dastlabki versiyasiga ega bo’lamiz, bundan so’ng inson tarjima jarayoniga aralashadi, ya’ni u mavjud tarjimani tahrir etadi – qo’shimchalar qo’shilish tartibi, gap bo’laklarining joylashuvi, so’zlarning semalariga asosan to’g’ri tanlanganligi, polisemiya, omonimiya, sinonimiyaning e’tiborga olinishi, jumlalarning stilistik jihatdan to’g’riligi kabi parametrlarni tekshiradi.
Rus olimi Yu.I.Shemakin o’zining “Начало компьютерной лингвистики” kitobida avtomatik tarjimaning 2 xil modelini va tarjima protsedurasini chizmalar asosida tushuntirib bergan. Birinchi yondashuv “matn-mazmun-matn” modeli va semantikaning formal tavsifiga tayanadi. Ikkinchi yondashuv esa “matn-matn” modeli va tarjima mosligiga asoslangan.
Birinchi yondashuvda tilning semantikasiga maksimal darajada e’tibor bergan holda avtomtik sifatli tarjimaga erishishga harakat qilingan. Tizimning lingvistik asosi “matndan unng mazmuniga qarab borish” (“from surface structure to deep structure”) hisoblanadi. Bunda tarjima tilning morfologik, sintaktik va semantik tahlili, luga’tlar, grammatik qoidalar, matnlar korpusiga asoslanib amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuvda matn ortiqchaliklarga ega ko’pbosqichli tizim sifatida baholanadi, bunga ko’ra matnning yuqori sathida ko’proq informatsiya tashuvchi leksik birliklar, quyi sathida esa ozroq informatsiya beruvchi birliklar joylashgan bo’ladi. Bunda so’zma-so’z tarjima amalga oshirilib, ikki tildagi gaplar strukturasi yagona superstrukturaga birlashtiriladi. Bunda avtomatik tarjima modeli ikki holatda bo’ladi: a) generatsiya holati tarjimaning ishlashini – lug’atlar jamlash, analiz algoritmlari, aniq bir maqsadga yo’naltirilgan sintezni ta’minlaydi; b) translyatsiya holati sistemaning mustaqil ravishda tarjima ustida ishlashini ta’minlaydi.
Ikkinchi yondashuvga ko’ra avtomatik tarjima quyidagi protseduralar asosida ishlaydi:1-protsedura – qidiruv tizimi bilan bog’liq bo’lib, bunda lug’at bazasidan so’zlar, birikmalar, iboralar izlanadi, so’z-shakllarning morfologik analizi amalga oshiriladi.
2-protsedura – so’zlarning sintaktik vazifasi, grammatik kategoriyalar – zamon, shaxs-son kabilar aniqlanadi.
3-protsedura – bir yoki ko’p ma’noli so’zlar tarjimasi bayon qilinadi.
4-protsedura – jumlani morfologik va sintaktik jihatdan shakllantirish jarayoni amalga oshiriladi.
5-protsedura – transformatsion o’zgarishlar (matn yoki jumla strukturasini uning mazmuniga jiddiy ta’sir etmagan holda o’zgartirish; masalan, Kompyuter yoqildi va musiqa yangradi jumlasini “Kompyuter yoqilgach/ kompyuter yoqilishi bilan/kompyuter yoqilib musiqa yangradi” tarzida o’zgartirish) hosil qilinadi (agar zarurat tug’ilsa).
6-protsedura yakuniy bosqich bo’lib, bunda murakkab grammatik formalarning sintezi amalga oshiriladi.


Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə