1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

3-mustaqil ta’lim
O‘zbekcha tezaurus lug‘atini yaratish.
Ma’lumki, leksikografiya tilshunoslik fanining amaliy sohalaridan biri hisoblanadi. U yunoncha “lexikos – so’z”, “lug’at”, “grapho – yozaman” degan ma’nolarni anglatadi. Leksikografiya bo’limida lug’atlar, ularni tuzish yo’llari va tamoyillari o’rganiladi. Avtomatizatsiya ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib kelishi natijasida lug’atlar ham elektron holatda yaratilish imkoniyati yuzaga keldi. Kompyuter yordamida lug’atlar bilan ishlashning optimallashuvi natijasida kompyuter leksikografiyasi yo’nalishi shakllandi. Kompyuter leksikografiyasi amaliy tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo’lib, unda lingvistik va dasturiy ta’minot asosida ishlaydigan, kodlash va dekodlash prinsipi asosida yaratilgan kompyuter lug’atlari, ularni tuzish dasturlari, algoritmlari o’rganiladi. Mazkur sohaning rivojlanishi natijasida turli nomlarda elektron lug’atlar yaratilmoqda. Eng mashhur elektron lug’atlar sirasiga CONTEXT, ABBY LINGVO, МULTITRAN, POLYGLOSSUM, MULTILEKS kabilar kiradi. Leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi lug’at tuzish ishlarini ancha yengillashtiradi. Lug’at tuzish jarayonining naqadar murakkabligini bir tilshunos olim hazilomuz tarzda quyidagicha izohlagan: “Agar biror kishi og’ir jinoyat sodir qilsa, uni katorgaga surgun qilish shart emas. U lug’at tuzsin, shunda u katorganing barcha azoblarini, qiyinchiliklarini tortgan bo’ladi”.2 Axborot manbalarini yig’ish bo’yicha maxsus dasturlar (Database Software) lug’at asosini tashkil etuvchi barcha ma’lumot va misollarni jamlash va sistematik tarzda ishlov berishga qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari boshqa maxsus dasturlar lug’atni tahrir qilish va chop etish borasidagi ancha mashaqqatli mehnatni bir qancha osonlashtiradi. Elektron lug’atlar ham o’z navbatida an’anaviy lug’atlarga qaraganda bir muncha ko’proq afzalliklarga ega. Bugungi kunda masalan, ABBY LINGVO kompaniyasining lug’at va tarjima dasturlari ulardan foydalanuvchi har bir xaridorga o’z lug’atini tuzishga yoki mavjud lug’at so’z boyligini to’ldirib boorish imkonini beradi. Ochiq turdagi internet lug’atlari (on-line lug’atlar) ham ko’p hollarda barcha foydalanuvchilarga ushbu lug’atlarni to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, elektron lug’atlarning hajm jihatidan ixchamligi, kompaktligi, boshqa manbalarga (internet tarmog’i orqali, gipermurojaatlar yordamida) ulanish imkoniyati, mavjud matnlar korpuslari yordamida illustrativ misollar tuza olish imkoniyati, multimediali misollar bilan boyitilganligi, so’zlarning sinonimik variantlari, omonimlik xususiyatlari, grammatik ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi va ularni tezlik bilan foydalanuvchiga havola etilishi kabi jihatlari elektron lug’atlarning optimalligini ta’minlaydi. Kompyuter leksikografiyasini elektron matnlar korpusi yoki parallel matnlar korpuslarisiz tazavvur qilish mumkin emas. Matnlar korpusi (corpus – lotincha “tana” degan ma’noni anglatadi) bu – elektron holda saqlanadigan ma’lum til birliklari bo’lib, ular tilshunoslar uchun turli xil muammolarni hal etish uchun tatbiq etishda va turli yo’nalishdagi tadqiqotlar uchun zaruriyatga qarab turli shakllarda tuziladi. Bular fonema, grafema, morfemalardan tortib undan kattaroq birliklar leksema, gap va matnlardan (badiiy yoki ilmiy asar, gazeta va jurnal matnlari) tashkil topishi mumkin. Ularning qay tarzda saqlanishiga qarab maxsus dasturlar yordamida har bir kerakli so’z yoki so’z birikmasi uchun darhol uning qo’llanishi bo’yicha misollar topilishi, imlo bo’yicha variantlari, sinonimik qatorlari topilishi mumkin. Matnlar korpuspusiga oid ilmiy tadqiqotlar salmog’ining ko’payishi natijasida tilshunoslikda korpus lingvistikasi yo’nalishi shakllandi.



Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə