1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi



Yüklə 51,48 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü51,48 Kb.
#133561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
falsafiy taffaku

Iogann Gotlib Fixte (1762-1814 yy.). Nemis sub'ektiv idealizmining yirik namoyondasi Kantning «narsa o'zida» haqidagi ta'limotini uloqtirib tashlab, bilish shaklining butun xilma-xilligini bir sub'ektiv idealistik ibtidodan keltirib chiqarishga uringan. Bu ibtido shundan iboratki, faylasuf qandaydir mutlaq sub'ektiv «Men»ni nazarda tutib, unga benihoya aktiv faoliyat beradi, shundan keyin u olamni yaratadi. Boshlang'ich «Men» bu o'ziga xos «Men» emas, balki ongning axloqiy faoliyatidir. Ana shu mistik boshlang'ich «Men» alohida «Men»ni keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutlaq emas, balki cheklangan inson sub'ekti yoki empirik «Men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya'ni empirik tabiat qarama-qarshi turadi. Fixtening fikricha, absolyut sub'ekt «Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri bilan uzviy bog'langan, ularning hech birini ayrim ravishda bilib bo'lmaydi. Fixte ta'limotidagi dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini hosil qiladi.
Fridrix Vilgelm Iozef Shelling (1775-1854 yy.) Fixtening sub'ektiv
«Men»ga asoslangan falsafaga o'zining ob'ektivlik birlamchi degan fikrini qaramaqarshi qo'yadi. Shelling ob'ektiv idealizmning yangi shakli — ayniyat falsafasini yaratadi. Ob'ekt bilan sub'ektning ayniyat g'oyasi Shelling ta'limotining asosiy muammosini tashkil qiladi. Olamdagi barcha narsa va hodisalar uningcha, mutlaq ruhning ifodasidir. Materiya uningcha, ongdan tashqari mavjud bo'lgan reallik emas, balki mutlaq ruhning alohidagi holatidir. Shuning uchun materiya va ruhni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish mumkin emas. Bilish Shelling fikricha, «Men»ning o'z-o'zini anglash deganidir. Demak, bilishning ob'ektini ong tashkil etadi va uning yordamida «Men» o'zligini anglaydi. Ruh, jon va ularning tasavvurlari o'zinint faoliyatini, o'zligini bilishga qaratilgandir.
Shelling falsafasida dialektika g'oyalari ham mavjud. Mutlaq ruh, «Men» uning fikricha, ob'ektivlik va sub'ektivlik kabi qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Ularning kurashi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar harakatining manbaidir. Uningcha, sub'ektivlik va ob'ektivlik birligidan iborat bo'lgan ruh (tezis), taraqqiyot jarayonida tabiatning shakllanishiga olib keladi (antitezis) va nihoyat tabiatdan yana ob'ektivlik va sub'ektivlikning birligi bo'lgan yuqori darajadagi ruhning taraqqiyotiga olib keladi (sintez).
Metafiziklarning fikriga qarshi chiqib, u tabiat doimo harakatda, uning manbaini qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi tashkil qiladi degan g'oyani ilgari suradi. Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'langan, shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratib qarash noto'g'ri. Fazo va vaqt bir-biri bilan bog'langan. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik namoyandasi Gegel tomonidan yanada rivojlantiriladi.
Gegel (1770-1831 yy.) falsafasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridagi nemis idealizimining cho'qqisi va nihoyasidir. Gegel to'g'risida so'z borganda uning falsafasidagi ikki tomonni — dilektik usul va metafizik konservatik tizimini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul o'zida «ratsional mag'zini» — taraqqiyot to'g'risidagi ta'limotida gavdalantirgan falsafa shakli bo'lsa, uning diplomatik idealistik sistemasi esa konservativ taraqqiyotning to'xtab qolishini talab etadi va shuning natijasida dilektik usulga tubdan ziddir.
Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib «olam aqli», «olam ruhi», «mutlaq g'oya» bilan ifodalangan har qanday ruhiy ibtido tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosidir, real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy ibtido, «mutlaq g'oya», Xudo mavjud bo'lgan deb hisoblaydi.
Gegel ta'limoti bo'yicha mutlaq g'oya o'z taraqqiyotida uch bosqichni: tezis, antitezis, sintezni bosib o'tadi: 1) g'oyaning o'z bag'rida, «sof tafakkur stixiyasida» rivojlanishi. Bunda g'oya bir-biriga bog'liq, bo'lgan va bir-biriga o'tib turadigan mantiqiy kategoriyalar tizimini o'z mazmunini ochib ko'rsatadi; 2) g'oyaning «o'zi shakl» ko'rinishida, ya'ni tabiat shaklida rivojlanishi; 3) g'oyaning tafakkurda va tarixida («ruhda») rivojlanishi. Bu bosqichda mutlaq g'oya yana o'z-o'ziga qaytadi va inson ongi faoliyatining turli ko'rinishlarida o'z mazmunini payqab oladi.
Ammo Gegelning falsafiy sistemasida ijobiy tomonlari, ya'ni «ratsional mag'zi» ham mavjud. Bu uning dialektikasi va bilish nazariyasida o'z aksini topgan. Bu esa uning «Mantiqiy fani» asarida bayon etilgan. Bu asarida Gegel dialektikaning uch asosiy konun: 1.Qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonuni. 2.Miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tish qonuni. 3.Inkorniinkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab beradi. Shuningdek, uning asarlarida falsafaning barcha kategoriyalari ham tavsiflanib berilgan. Bilish nazariyasiga Gegelning qo'shgan hissasi shundan iboratki, u mantiqiy (mantiq) va bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir qatorda dialektik mantiqning birinchi kengaytirilgan tizimini yaratadi. Gegel bilish jarayonining xususiyatlari, haqiqatga erishish dialektikasi kabi masalalarni har tomonlama asoslab berdi. U dialektika qonuniyatlarini tabiat va ijtimoiy fanlarga tatbiq etib falsafaning hamma sohalarida chuqur iz qoldirdi. Gegel mantiq haqidagi ta'limotida mavjud olam bilan nazariy va amaliy faoliyatining muhim qonuniyatlari aloqador ekanligini ko'rsatib bergan edi.
Nemis klassik falsafasining buyuk vakili faylasuf Lyudvig Feyerbax (18041872 yy.)dir. Feyerbax falsafada antropomantiqiy yo'nalish tarafdori edi. Ularning ta'biricha, inson tabiatining bir qismi, uning gultojidir. Shuning uchun dunyodagi hamma narsa insonga xizmat qilishi lozim. Falsafaning mavzusi inson va uning faoliyatidadir. Din insonga uning vafotidan keyingi dunyo haqida yo'l ko'rsatadi, falsafa unga shu dunyoda qanday yashashi kerakligini ko'rsatadi.
Feyerbax fikricha, tabiat faqat inson orqali o'z-o'zini payqaydi va o'zi to`g`risida fikrlaydi. Tafakkurni borliqdan, ongni materiyadan ajratib qo'yuvchi idealistlarni u keskin tanqid qilib, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi eng avvalo inson masalasi ekanligini ta'kidlaydi, chunki anglash va fikr qilish insonning xususiyatidir.
Feyerbax ta'limotiga ko'ra, fazo va vaqt materiyaning borliq, shakllari, atributidir, harakat esa materiyaning mavjudlik usulidir.
Feyerbax Gegelning idealistik falsafasini din bilan yaqin aloqada deb hisobladi. Shu tufayli, uning fikricha, dindan qutilish uchun Gegelning idealizmdan mutlaq ozod bo'lishi lozim. Feyerbax Gegel falsafasini, uning idealizmini tanqid qilish jarayonida undagi «ratsional mag'zini» ko'ra olmadi, ya'ni u Gegelning dialektik usulini, undagi o'zaro bog'lanish va taraqqiyot ta'limotini uning idealizmi bilan birga rad etdi.
Feyerbax dunyo va uning qonunlarini bilish mumkinligini inkor qiluvchi
Kant agnostitsizmini tanqid qildi. U moddiy dunyoda inson tomonidan hali bilinmagan narsa va hodisalar juda ko'p ekanligini ta'kidlaydi, lekin inson ularni fan va amaliyotning taraqqiyoti davomida bilib olishga qodir, deb hisoblaydi.
XIX asrning o'rtasida nemis faylasuflari Karl Marks (1818-1883 yy.) va Fridrix Engels (1820-1895 yy.) dialektik va tarixiy materializm deb nomlangan falsafani yaratdilar. V.I.Lenin (1870-1924yy.) tomonidan rivojlantirib sobiq Ittifoqda 70 yil davomida hukmron mafkura sifatida kishilarning ongiga majburan singdirilib kelingan mazkur falsafiy ta'limot ijtimoiy hayot, madaniyat, fan va boshqa sohalarda ko'pgina salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi.

Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə