1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi



Yüklə 51,48 Kb.
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü51,48 Kb.
#133561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
falsafiy taffaku

5. Rus falsafasi


Rus falsafasi taraqqyoti ikkita bir-biridan sifat jihatidan ajralib turadigan davr mavjudligi bilan tavsiflanadi: 1) XI-XVII asrlar; 2) XVII asr oxiridan XIX asrgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga qamrab oladi.
Birinchi davrda asosan diniy-falsafiy qarashlar taraqqiy etib, unda olam Xudo tomonidan yaratilgan, insoniyat tarixi Xudoning marhamati bilan iblisning qora niyati o'rtasidagi kurashdan iborat, inson hayotining o'tkinchi, ruhning o'lmasligi, abadiyligi haqidagi g'oyalar o'z aksini topadi. X asrda qadimgi rus o'lkalarida yashagan xalqlar tomonidan xristianlik dinining qabul qilinishi bu yerda falsafiy fikrning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu borada kievlik metrapolit Illarionning “Qonun va yaxshilik haqida so'z”, “Ibodat” kabi asarlarini ko'rsatib o'tish joizdir. Shuningdek, “Igor qo'shini haqida so'z” (XII asr), “O'tkinchi yillar qissasi” (XI-XII asrlar) va boshqa adabiy yodgorliklar rus xalqining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-falsafiy qarashlari to'g'risida qimmatbaho manbalar bo'lib hisoblanadi.
XVII asrning oxiridan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Bu davr Pyotr I ning Yevropa madaniyati, fan va texnika yutuqlarini Rossiyaga singdirish harakatlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, u tabiat va jamiyat taraqqiyotiga ilm-fan nuqtai nazaridan yondashishga qaratilgan ilmiy-falsafiy fikrlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanad
Ushbu davri rus falsafasining yirik namoyondalaridan biri M.V.Lomonosov (1711-1765 yy.) edi. Uning ijodiy faoliyati nihoyatda har tomonlama bo'lib u kimyo, fizika, filologiya, she'riyat, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan.
Lomonosov o'z davrining madaniyatida hukmron bo'lgan safsatabozlik qarashlariga qarshi chiqdi. Idealistik nazariyalarga u tabiat jismlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi g'oyalarini qarama-qarshi qo'ydi. “Yer qatlamlari” asarida o'simlik va hayvonot olamining evolyutsiyasi haqidagi farazni ilgari surdi va tabiatni o'rganish zarurligini isbotlab berdi.
Lomonosov fikricha, tabiatdagi hamma narsalar materiyadan (atomlardan) tashkil topgan. U qadimgi atomistik nazariyani qo'llab-quvvatladi. Barcha narsalar atomdan tashkil topgan bo'lib, ular o'z navbatida mayda zarrachalar (korpuskulalardan) iborat, deb hisobladi. Korpuskulalar yoki molekulalarning turlicha qo'shiluvi narsalarning xilma-xilligini belgilaydi.
Tabiat o'z qonuniga ega bo'lib, jismlardan tortib atomlargacha barcha hodisalar va o'zgarish jarayoni ana shu qonuniyatga bo'ysunadi, unga muvofiq vujudga keladi. Shuning uchun ular qandaydir tashqi kuchga muhtoj emas.
Lomonosov materiya doimo harakatda, rivojlanishda degan g'oyani olg'a surgan, u materiya va harakatning saqlanish umumiy qonunini kashf etadi. Bu qonunni u 1748 yil 5 iyul kuni Eylerga yozgan maktubida ta'riflab bergan edi. Uning bu kashfiyoti XVIII asr tabiat fanlarida ilmda hukmron bo'lgan salbiy qarashlarga qat'iy zarba beradi.
Lomonosov “Issiq va sovuqning sababi haqida o'ylar” asarida issiqlik yaratuvchi materiyaning alohida turli sifatidagi teplorod tushunchasini rad etadi va issiqlik jarayonlarining sababini materiya zarralarining harakatidan izlamoq kerak deb ko'rsatadi. Uningcha, materiyaning asosiy xossalari: ko'lamlilik, inertsiya kuchi, shakl, o'tkazmaslik va mexanik harakatdan iborat. Shuningdek, Lomonosov “birinchi turtki”ni ham tabiatning rivojlanish sabablaridan biri deb hisoblaydi.
Lomonosovning bilish nazariyasiga ko'ra, tashqi olam sezgilarimizning manbaidir. U Dekartning “tug'ma g'oyalar”i bilan Lokkning “ikkilamchi sifatlar” ta'limotiga qarshi chiqdi. Predmet va hodisalarning ichki sababini bilish uchun tajriba bilan tafakkur birligi zarur va u nazariy xulosalar orqali tekshirilishi lozim. Hissiy qabul qilish va ilmiy tushuncha birligi moddiy olamning turli qiyofasini beradi .
Ijtimoiy hodisalarni tushunishda Lomonosov ma'rifatchilik nuqtai nazariga qo'shiladi va jamiyat hayotini faqat maorif vositasi bilan va xulq-atvorni takomillashtirish yo'li bilan yaxshilash mumkin, deb o'ylaydi.
A.N.Radishchev (1749-1802 yy.) Rossiyadagi ilg'or fikrlarning
namoyondasi. Uning falsafiy qarashlari “Inson, uning o'lishi va o'lmasligi haqida” asarida o'z ifodasini topgan. U moddiy dunyo ob'ektiv mavjud, u turli xil sifat, xususiyatlarga: og'irlik, shakl, harakat, rang va boshqalarga ega, materiya va harakat bir-biri bilan uzviy bog'liq, degan edi. Inson o'limidan keyin uning ruhi abadiy yashashi mumkinligini tasdiqlaydigan hech narsa yo'qligini ko'rsatgan. Bilish nazariyasiga doir fikrlarini bildirganda uningcha inson o'z bilimlarni sezgilar yordamida olamdan oladi, deb hisoblagan. U Dekartning “tug'ma g'oyalariga” qarshi chiqdi hamda tashqi olam inson bilimining manbai ekanligini asosladi.
XIX asrda Rossiyada ijod qilgan V.G.Belinskiy (1811-1848 yy.),

Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə