1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


A.I.Gertsen (1828-1889 yy.), N.G.Chernishevsiy



Yüklə 51,48 Kb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü51,48 Kb.
#133561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
falsafiy taffaku

A.I.Gertsen (1828-1889 yy.), N.G.Chernishevsiy (1820-1880 yy.), N.A.Dabrolyubov (1836-1861 yy.), N.P.Ogaryov (1813-1877 yy.)lar ham falsafiy tafakkur rivojiga katta hissa qo'shganlar. Ular M.V.Lomonosov, A.I.Radishchev hamda nemis klassik faylasuflari Gegel, Feyerbaxlarning ilmiy falsafiy merosini atroflicha o'rganib chiqishdi, undagi ilg'or fikrlarni hisobga olib, yangi falsafiy ta'limot yaratdilar. Ular fikricha materiya birlamchi, ong yuksak darajada tashkil topgan materiyaning mahsuli, shu tufayli u ikkilamchidir. Dobrolyubov dunyodagi barcha jismlar harakat va rivojlanishda bo'lgan yagona materiyaning turli-tuman holatlaridan iborat: materiya abadiy, u hech kim tomonidan yaratilmagan va yo'qolib ketmaydi, u faqat o'zining shaklini o'zgartiradi xolos, dunyoda materiyadan ajralgan hech qanday kuch yo'q, deb ta'kidlaydi.
Rus ma'rifatparvarlarining katta yutuqlaridan biri ularning tabiat qonunlarining ob'ektiv xususiyatga ega ekanligini ilmiy asoslab berganliklari bo'ldi. Ular fikricha, faqat tabiatgina emas, uni boshqarib turuvchi qonunlar ham ob'ektiv mavjuddir. Chernishevskiy Kant va uning izdoshlarining qonunlar faqat bizning ongimizda mavjuddir, degan xulosasiga qarshi chiqib, tabiat qonunlari inson aqlining mahsuli emas, ular ongdan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir, deydi.
Chernishevskiy fikricha, tabiatdan g'oyalarni izlash samarasizdir, chunki u har xil sifatga ega bo'lgan turli-tuman materiyadangina tashkil topgan. Inson materiya taraqqiyotining umumiy zanjirida joylashgan. U toshdan tortib, o'simlikkacha, daraxtdan hayvonot dunyosigacha, jumladan insonning o'zi ham materiyaning turli uyg'un birikmalaridandir, deb ta'kidlaydi.
Gertsen materiya va ruh chambarchas bog'langan, shuning uchun ularni birbiridan ajratishga hojat yo'q, deb ko'rsatadi.
Rus demokratlari dinga qarshi keskin kurash olib bordilar. Ular fikricha, din xalq ommasi ongini zaharlovchi, hukmron sinf manfaatlariga xizmat qiluvchi vositadir. Din kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidan kelib chiqadi. Ular fikricha, inson dunyoni bilishi mumkin. Bilish jarayoni hissiy va mantiqiy jihatlardan tashkil topgan. Ular ob'ektiv dunyoni bilish mumkinligini tan olmaydigan skeptik va agnostiklarni qattiq tanqid ostiga oldilar. Belinskiy skeptitsizm va agnostitsizmni og'ir va xavfli kasalga o'xshatib, “fikrning paralich bo'lishi”, deb tavsiflaydi. Chernishevskiy Kantning “narsa o'zida”ni bilish mumkin emas, degan fikrlariga qarshi kurashadi.
Rus demokratlari dialektikaga oid chuqur farqlarni bildirdilar. Ular Gegel dialektikasini yuqori baholagan bo'lsalarda, uning ta'limotidagi kamchiliklarni ham atroflicha ochib tashladilar.
Ular metafiziklarga qarshi chiqib, tabiat va ijtimoiy hayotni doimo rivojlanishda va o'zgarishda, deb hisoblaydilar. Hayot, Belinskiy fikricha, betinim harakat va rivojlanishdadir. “Yashash” olg'a qarab rivojlanish”, demakdir, degan qoidaga asoslanib, Gegelning “doira bo'ylab taraqqiyot” ta'limotiga qarshi chiqdilar.
Harakat va rivojlanishning sababini narsa va hodisalarning o'zidan qidiradilar. Rivojlanishning manbai ichki qarama-qarshiliklar kurashidadir.
Rus taraqqiyparvarlari falsafa tarixida birinchi bo'lib falsafiy ta'limotlarni sinflar va siyosiy partiyalar kurashi bilan sug'orilganligini ko'rsatdilar. Ular siyosiy va falsafiy nazariyalar har doim ham yuz berayotgan hodisalar ta'sirida bo'lishini, bular esa hayot hodisalari yuz berishini tezlashtirishga yoki sekinlashtirishga qaratilganini ta'kidlaydilar.
Rus ilg'or demokratlarining falsafa tarixida tutgan o'ziga xos o'rni, ular dunyo hodisalarini tushuntirishda XVII asr faylasuflariga nisbatan bir qadam oldinda bo'lganliklaridadir. Shuningdek, ular falsafasi, oldingi materialistik ta'limotlardan farqli o'laroq, jamiyat a'zolarini harakatga, jamiyatni o'zgartirishga undaydigan ta'limot edi.
Rus falsafasida materialistik dunyoqarash bilan bir qatorda diniy falsafiy qarashlar ham taraqqiy etgan. Ular markazida e'tiqod va bilim asosiy o'rin egalladi.
Diniy falsafaning yirik namoyondalari V.Solovev (1853-1900 yy.), Berdyaev (1870-1948 yy.), slavyanofillar falsafasining tarafdorlari S.N.Bulgakov, P.A.Florenskiy, kantchilik guruhiga N.O.Losskiy, S.L.Frank, G.G.Shpnetlar ham o'ziga xos falsafiy fikrlarni bildirishga muvaffaq bo'lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida uchinchi davr boshlandi. Bunda G.V.Plexanov (1856-1918 yy.) katta rol o'ynadi.
Plexanovning falsafiy fikrlari uning “Tarixga monistik qarashning rivojlanishi masalasiga doir”, “Materializm tarixiga oid ocherklar”, “Tarixda shaxsning roli masalasiga doir” va boshqa asarlarda bayon etilgan.
Plexanov tarixni materialistik g'oyalar asosida tahlil etib, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong munosabatlarining murakkabligini ko'rsatdi. U dinning kelib chiqishi, jamiyatda tutgan o'rni hamda uning ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqadorligi haqida o'z fikrlarini bayon etdi.
Rossiya falsafiy tafakkurini rivojlantirishda V.I.Lenin (1870-1924 yy.) o'ziga xos hissa qo'shgan. U XIX asr oxirida tabiat fanlari sohasida ro'y bergan tub o'zgarishlarning sabablarini tahlil qilib, fizikaviy idealizmning mohiyatini ochib berdi. U o'zining asarlarida dialektika nazariyasi, dialektika va metafizikaning qarama-qarshiligi, idealizmning gnoseologik ildizlari, shuningdek jamiyat taraqqiyotiga oid bir qancha masalalarni yoritib berdi.

Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə