84
Xitoydagi “Madaniy inqilob va uning oqibatlari”.
Mao TSzedun armiyaning qo'llab-quvvatlashiga tayanib 60-yillarning birinchi
yarmida o'z mavqesini yanada mustahkamlab oldi. Butun mamlaktada “Mao
g'oyalarini o'rganish” kompaniyasi boshlandi” uning shaxsiga sig'inish muhiti yuzaga
keltirildi. Mao TSzedun asarlari o'n millionlab nusxalarda chop etildi, rasmiy
targ'ibotda ularni Buyuk kormchim deb atalib, ulardagi g'oyalarni o'rganmasdan turib
inqilobni amalga oshirish mumkin emas deb targ'ib qilindi. Biroq Xitoy jamiyatini bu
g'oyalarga ishontirish tobora qiynalishib bormoqda edi. YUzaga kelgan vaziyatda
Mao TSzedun o'z taktikasini o'zgartirishga qaror qildi. 1964 yilning oxirida XKP
Markaziy qo'mitasining yopiq yig'ilishida partiyada keng qamrovli tozalash
o'tkazishni ko'zlagan navbatdagi kompaniyani tayyorlash haqidagi masala muhokama
qilingan edi. Lyu SHaotsi va Den Syaonin bu yo'lni qo'llab-quvvatladilar, biroq Mao
TSzedun o'z xatini TSzyan TSin va Lin Byao boshchiligidagi radikamar
guruhiga.....................
1966 yil mayida XKP Markaziy qo'mitasi siyosiy byuro yig'ilishda Mao TSzedun
guruhining hokimiyat uchun kurash yangi kompaniyasining asosiy g'oyalari
shakllantirildi. Unda bir qancha ko'zga ko'ringan partiya arboblari shu jumladan
poytaxt shahar qo'mitasining birinchi kotibi Pen CHjen va Markaziy qo'mita bo'lim
boshlig'i Lu Dini tanqid qilinib, o'z lavozimlaridan bo'shatildilar. XPK markaziy
qo'mitasi qoshida bu vaqtga kelganda armiyada tuzilib bo'lgan “Madaniy inqilob”
ishlari bo'yicha guruh tuziladi. Unga Mao TSzedunning eski tarafdorlaridan bo'lgan,
uning sobiq shaxsiy kotibi CHen Boda boshchilik qilardi. Guruh boshlig'ining
o'rinbosarlari etib TSzyan TSin va SHanxay shahar qo'mitasining kotibi CHjan CHun
TSyaolar, guruhga maslahatchi etib Kan SHen tayinlandilar. Tez orada bu guruh oliy
pratiya va davlat organlarini vakolatlarini o'zlashtirib qo'lida rayel hokimiyatni
mujassamlashtirdi.
85
May oxirida Pekin universitetida talabalarning radikal koyfiyatdagi qismi saflaridan
xunvaybinlarning (qizil qo'riqchilar) birinchi otryadi tuziladi. Bir muncha keyinroq
butun Xitoy bo'ylab yosh kam malakali ishchilar orasidan tszaofanlar (isyonkorlar)
otryadlari tashkil qilindi. Mao TSzedun bu tashabbuslarni qo'llab quvvatlaydi.
1966 yilning iyun-iyulida Lao SHaotsi tarafdorlari xunveybinlar va izaofanlar xatti-
harakatlarini ularga qarama-qarshi yuqori malakali odimlardan iborat ishchi guruhlar
tuzib jilovlashga urindilar. Biroq Mao TSzedun ularni tarqatib yuborilishini talab
qiladi. 1966 yilning avgusti boshlarida Markaziy qo'mitaning XI Plenumi bo'lib o'tadi.
Uning ishida Markaziy Qo'mita a'zolarining qatag'onlar tufayli qariyb yarmi ishtirok
etmadi, biroq uning ishida xunveybinlar va “Madaniy inqilob” guruhi (MIG) a'zolari
vakillari ishtirok etdilar.
Plenumda Mao TSzedun “Madaniy inqilobni” avj oldirishni ma'qullovchi qarorni
qabul qilinishiga erishadi. Plenumdan keyin ko'p o'tmay Pekin shahrida
xunveybinlarning Mao TSzedun va Lun Byaolar bilan bir necha uchrashuv-
mintinglari bo'lib o'tadi.
Bu vaqtga kelib butun mamlakatda ularni soni qariyb 40 mln. Kishiga yetgan bo'lib,
ularning yetakchilari burjua madaniyatining ko'rinishlariga qarshi kurashga;
kutubxonalarni vayron qilish, san'at asarlarini yo'q qilishga chaqirdilarki, ularning
o'rnini Mao TSzedunning daholigini ulug'lovchi yangi madaniyat namunalari
egallashi kerak edi.
Ba'zi viloyatlarda xunveybinlar mahalliy rahbarlar va aholining qattiq qarshiligiga
uchradi.
Tanqidning asosiy zarbasi xunveybinlar tomonidan deb atalgan. XXR raisi Lyu
SHaotsi va XKP markaziy qo'mitasining bosh kotibi Den Syaonin qaratildi va tez
orada ular so'z lavozimlaridan chetlashtirildilar.
86
Rasmiy targ'ibot-tashviqot ta'siri ostida bo'lgan xunveybinlar va izofanlar Xitoyning
madaniy merosiga qarshi shafqatsiz kurash olib bordilar. Ko'plab kitoblar,
me'morchilik yodgorliklari yo'q qilindi.
Pekinda jahonning ko'plab xalqlari tillarida inson tafakkurini oliy cho'qqisi deb e'lon
qilingan Mao TSzedun asarlaridan lavxalardan tarkib topgan to'plablar ulkan
nusxalardan chop ettirilib tarqatildi.
“Madaniyat inqilob” yo'lini ma'qullanmagan “g'animlar” maxsus lagerlar qayta
tarbiyalash uchun yuborildi. Ular maxsu lagerlarda og'ir jismoniy mehnatga duchor
qilindi.
“Madaniy inqilob”ga qarshilikni sindirib tashlash uchun “hokimiyatni egallab olish”
bo'yicha kompaniya avj oldirildi. 1967 yilning yanvarida shanxay shahrining
izaofanlari “Madaniy inqilob” ishlari bo'yicha guruh”ning ko'rsatmasi bilan
“kapitalistik yo'ldan boruvchilar hokimiyatini ag'darib tashlashga qaratilgan
“inqilobiy isyon” ko'tarishga chaqirdilar. SHaharlar va viloyatlarda “tszaofanlar va
xunveybinlarning hokimiyatni egallab olishlari boshlanib ketdi. YAnvar oyining
o'rtalarida (1967y) Pekin shahrida ular 300 ta tashkilot va muassasalar ustidan
o'zlarining nazaoratlari o'rnatgan edilar. Partiya qo'mitalari va hokimiyat organlariga
17 yil davomida (ya'ni XXR e'lon qilingan vaqtdan boshlab) kapitalizmni
restavratsiya qilishga urinishi ayblari qo'yildi.
“Hokimiyatni egallab olish” armiya yordamida amalga oshirildi. Armiya qismlari bu
jarayonga qarshilik ko'rsatishini bartaraf etish, kommunikatsiyalar ustidan nazoratni
amalga oshirish, maxfiy hujjatlarni saqlash va tegishli joyga jo'natish ishlarini ham
bajarar edi. “Isyonkorlar”ni qo'llab quvvatlash uchun maxsus qismlar ajratib beriladi,
binbarin armiyada tszaofanlar va xunveybinlarning bosh boshdoqliklaridan muayyan
darajadagi noroziliklar bo'lgani uchun shunday yo'l tutilgan edi. Biroq silliq tarzda,
og'riqsiz “hokimiyatni egallab olish” rejasini amalga oshirish mumkin bo'lmadi.
Ishchilarning norozilik kamayishlari kengayib bordi, ko'p joylarda xatto qattiq
87
to'qnashuvlar sodir bo'la boradi. YUzaga kelgan shunday murakkab vaziyatda Mao
TSzedun va uning tarafdorlari 1967 yil yanvar oyining oxirlarida xunveybinlar va
tszaofanlar, armiya, partiya va ma'muriy kadrlarni bir qismini “uch tomondan
birlashtirish yo'lini e'lon qilishga majbur bo'ldilar. Matbuotdk “isyonkorlar” va
posbonlarga kechagina o'zlari “ag'darib tashlagan kishilar bilan birlashishga
qaratilgnan
chaqiriqlar
paydo
bo'ldi;
Dostları ilə paylaş: |