1. Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?


 Statistikaning nazariyasini rivojlantirishda o‘zbek olimlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#143222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
STATISTIKA]tayyor

 
4. Statistikaning nazariyasini rivojlantirishda o‘zbek olimlari. 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'zbek ti-
lida "Statistika" bo'yicha o'quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O'zbek
tilida o'quv qo'llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti
statistika kafedrasi professor-o'qituvchilari namuna bo'lmoqdalar. Pro 
fessor Yo .Abdullaev ilk bor statistika umumiy nazarivasidan darslik
(1993-yil) chop etdilar, 1996-yilda shu fandan o'quv qo'llanma nashr


etildi. 1998-yilda esa. o'quvchilarga "Makroiqtisodiy statistika: 100
savol va javob" taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu so-
hada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A.
Shadiev “Statistika nimani o'rgatadi." (Dars!ik.-T.: O'zbekiston, 1985);
X.A. Shodiev, M.Ya. Hamroev "Moliya statistikasi”.T.: Abu Ali Ibn Sino.
2002; X.A. Shadiev "Moliya statistikasi bo'yicha amaliyotnoma’’- T.:
TM1, 2002; Statistika (darslik)—T.: Ibn Sino. 2004 (prof. X.A. Shadiev
taxriri ostida); X.A. Shadiev Moliya statistikasi (Darslik.T.: Iqtisod-moli-
ya, 2010 
5.Statistika fanini mustaqil fan deb atalishi. 
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Bu davrda 
endigina feodalizm o`rnini kapitalizm tuzumi egallayotgan edi. Kapitalistik tuzumning barqaror 
bo`lishi ko`pgina fanlarning, 6 shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta`sir 
ko`rsatdi. XVII asrda Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari 
ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo`lganlar. U.Pettini o`z vaqtida 
iqtisodning «otasi» va ma`lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Evropada 
statistikaning asoschisi bo`lib bel’giyalik olim A.Ketle (1796- 1874) hisoblangan. O`sha davrda 
Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi marta «statistika» so`zini qo`llagan. Angliyada 
esa A.Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. 1.2. Statistika fanining 
predmeti va usuli. Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi: Birinchidan, 
iqtisodiy hodisalar tushuniladi. eng avvalo bu erda moddiy ne`mat ishlab chiqarish ko`zda 
tutiladi. Statistika iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi – iqtisodiy qonun va 
qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga 
chiqayotganligini o`rganadi. Bu o`rinda u ishlab chiqarishni uning ikki tomoni – ishlab 
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi. 
Ikkinchidan, madaniy va ta`lim-tarbiya sohasidagi hodisalar tushuniladi. Statistika ularni ham 
miqdor jihatdan o`rganadi. Jumladan, u madaniy-ma`rifiy munosabatlarning, o`quv yurtlarining, 
maktab, bog’cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o`rganadi. Uchinchidan, siyosiy va 
mafkuraviy hodisalar tushuniladi. Barcha bo`lib o`tgan va bo`layotgan qurultoylar, plenumlar, 
sessiyalar, 
saylovlar
, ulardagi qatnashchilarning soni, ovozlarning taqsimlanishi (ish tashlashlar, 
namoyishlar) kabilar ana shunday hodisalar turkumiga kiradi. To`rtinchidan, tabiiy hodislar 
tushuniladi. Tabiiy ofatlar, ya`ni zilzila, suv toshqinlari, do`l yog’ishi, yong’in, portlash kabi 
hodisalar statistika fanining o`rganish ob`ekti hisoblanadi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə