1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )



Yüklə 105,68 Kb.
səhifə8/16
tarix21.10.2023
ölçüsü105,68 Kb.
#129538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
6-amaliy.Umumiy farmakologiya

6. Amaliy qismi
Reseptura bo’yicha vazifalarni bajarish (dorilarni chiqarish shakli, dozasi, miqdori va qo’llanilishini ko’rsatib reseptlar yozish: furasilin (flak.), diosit ( fl.), brilliant yashili (flak.), yodning spirtli eritmasi (flak.), xloramin V (flak.), borat kislotasi (flak. surtma)).


Amaliy mashgulot № 6
Mavzu: Umumiy farmakologiya.Dori moddalarining farmakokinetikasi va farmakodinamikasi. Dori vositalarini nazorat qilishda foydalaniladigan
me`yoriy xujjatlar.


Nazorat uchun savollar

  1. Farmakologiya faninig rivojlanish tarixi. Umumiy farmakologiya nimani o’rganadi?

  2. Dori vositalarni organizmga yuborish yo’llariga ta’rif bering. Enteral va parenteral yuborish yo’llarining o’ziga xosligi nimada?

  3. Dori vositalarning odam organizmidan chiqarish yo’llari qanday?

  4. Dori vositalarning organizmda so’rilishi va tarqalishi nimalardan iborat?

  5. Dori vositalari ta’sir turlarini ta’riflang?

  6. Dori vositalarining o’zaro ta’siri nima?

  7. Dori vositalarning terapevtik kengligi deganda nimani tushunasiz?

  8. Dori vositalarni takror ishlatilganda kuzatiladigan organizmdagi javob reaksiyasi qanday?

  9. Dori vositalarini nazorat qilishda foydalaniladigan me`yoriy xujjatlar?

O’rgimchak ini” ususli savollari:



  1. Farmakokinetika nimani o`rganadi?

  2. Farmakodinamika nimani o`rganadi?

  3. Dori moddalarning organizmda kimyoviy o’zgarishi – biotranformasiyasi ?

  4. Dori vositalari organizmga qayta (takror) kiritiganda ularning ta’siri o’zgarishi?

1. Talabalarga o’tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.


2. Ishtirokchilar doira bo’lib o’tirishadi.
3. Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog’langan koptokcha beriladi, u hohlagan talabaga o’zi oldindan tayyorlagan savolni (javobni o’zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.
4. Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharhlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaqa ham ma ishtirokchilar “o’rgimchak ini”ga o’ralguncha davom etadi.
5. Ham ma talabalar savol berib bo’lgach, oxirgi talaba qo’lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va h.k., bu hol chigal echilgunga qadar davom etadi.
Eslatma: talabalardan har bir javobga e’tiborli bo’lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma’lum.

Klaster” usuli savollari:



  1. Dori moddalarining o`zaro ta`sir turlari?

  2. Dori moddalarini parenteral yo`lda kiritish turlari?

  3. Dori moddalarini enteral yo`lda kiritish turlari?

  4. Dori moddalarining organizmda so`rilishi?

  5. Dori moddalarining sinergizmi, turlari?

  6. Dori moddalarining antagonizmi, turlari?

(Klaster-tutam, bog’lam) – axborot xaritasini tuzish yo’li barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yigish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.


Bosqichlar:
1. Talabalar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
2. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.
3. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi.
4. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan (5-15 daqiqa) vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
5. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
6. Ish natijalari prezentasiyasi o’tkaziladi



Yüklə 105,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə