1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati va tarkibiy qismi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163947
1   2   3   4   5   6
Turizm industriyasi va infratuzilmasi

Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, ko’ngilochar obyektlar va vositalar, davolash, sog’lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida» gi Qonunida turistik industriya tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: turistik industriya – turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko’rsatishini ta‟minlovchi turli subyektlar (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, eksport muassasalari va boshqalar) majmui, deb berilgan.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat’i nazar, turizm industriyasida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistik agentliklar mavjud. Bundan tashqari, turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va ko’ngilochar joylar, shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug’urta xizmati va boshqalar kiradi. Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o’qitish tizimi muassasalari hamda aniq turistik mahsulotning maqsadlariga muvofiq keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu tashkilotlarning barchasi birbirlarini uyg’un ravishda to’ldirishi va iste’molchi uchun zarur bo’lgan hamda assortiment bo’yicha yetarli darajadagi barcha xizmatlarni ko’rsatadi.
Turizm infratuzilmasituristik faoliyatni amalga oshirishda turistlarning turistik resurslaridan bemalol foydalanishini ta’minlovchi bino va inshootlar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yo’llar, axborot texnologiyalari, turizmning turli xizmat ko’rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi.
Bu avtomobil va temir yo’llar, yo’l harakatini, havo yo’llarini, dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, suv, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlaridir. Ma’lumki, turizm sohasida turistik resurslari, ya’ni tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm obyektlari bo’lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo’llarning ravonligiga qarab ham turistlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo’llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish maqsadida hukumat tomonidan ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yilda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risida»gi Farmonida respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy obektlari, eng avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish masalasi O’zbekistonga xorijiy turistlar oqimini ko’paytirishga katta zamin bo’ladi.
Turist – avvalo dam oluvchi bo’lib, unga ko’rsatiladigan xizmatlar iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo’llari, shuningdek, temir yo’llarga ham taalluqlidir. Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarining barchasi – turizm infratuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir yo’llar, hatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo’llar va yo’laklar ham talab darajasida bo’lmog’i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolar bo’lmasligi turizm sohasining yangi pog’onalarga ko’tarilishida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko’raylik: issiqlik tarmog’i ishlamaydigan, elektr tarmog’i past, kanalizatsiya tarmog’i bo’lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo’lmagan mehmonxonalarda turistning bo’lishi, bular va boshqalar turizm infratuzilmasining rivojlanishidagi kechiktirib bo’lmas va tezda hal qilinishi zarur bo’lgan muammolardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, olis, tog’li joylar, yo’l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag’ talab qiladi. Hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shox bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko’rsatadigan darajada emas. Turistlar tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur servis va tibbiy yordam beriladigan obyektlarning zamon talabi darajasida emasligi infratuzilma obyektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.
Bir vaqtlar Buyuk ipak yo’li o’tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo’lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo’jaligi vazifasini o’tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo’riqchilar) o’z joyiga qo’yilgan. Yurtimiz ko’hna tarix va madaniyatga ega.
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat ko’rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko’rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari – sopol quvurlar orqali olib kelinganligidan dalolat beradi. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar va xizmatlarning o’rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xohlaydilar.
Ya’ni o’z xohishi bo’yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko’ngil ochish uchun har kuni ko’p miqdorda pul sarflashadi.
Pulni, ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko’tarib yurish turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug’diradi. Turistlarning ko’p miqdorda pulni olib yurishi o’g’rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har xil turdagi jinoyatchilarning jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to’g’rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo’lgan xavfsiz pul bilan ta’minlash muammosi paydo bo’lgan edi, bu masala bugun kompyuter texnologiyalari asosida viza va kredit kartalari orqali o’z yechimini topdi.
Axborot xizmati turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o’zi boradigan joy haqida o’sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo’stligi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o’sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga muhtoj bo’ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko’rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so’zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishiga talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo’lgan Internet tarmoqlari orqali nafaqat sayohat va turistik agentliklarni tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to’lovlarni ham oldindan tayinlab qo’yish mumkin.
Hozirgi paytda o’zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston hududlari uchun turizmda qator vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi amaliy geoaxborot tizimini (GAT) shakllantirish davr talabi hisoblanadi.2
Turizm industriyasi va infratuzilmasining tasniflanadigan belgilari turlari bo’yicha tarkibiy qismi quyidagi rasmda batafsil ifodalangan.


Joylashtirish vositalari va tizimi, ya’ni asosiy vositalar – bular vaqtincha kelib ketuvchilarga (mijozlarga) turli darajada xizmat ko’rsatish bilan bog’liq holda ularni qabul qilish va tunashlarini tashkil etish bo’yicha maxsus moslashtirilgan turli xildagi va ko’rinishdagi (chayladan tortib to

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə