1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati va tarkibiy qismi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163947
1   2   3   4   5   6
Turizm industriyasi va infratuzilmasi

Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi: shaxs nomidan va korxonaning topshirig’i bo’yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo’llanmalar do’koni» dir. Turistik yo’llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to’liq ko’rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo’lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko’rsatilgan bo’ladi. Bunday mamlakatlarda yo’llanmalar vaucheri bo’lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo’yish uchun maxsus hoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o’zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo’yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.
Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog’i orqali sotish shakllanmoqda, lekin iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish, uni mijozning talabnomasi bo’yicha o’zlashtirish kabi bosqichlargina avtomatlashtirish imkoniyatiga ega, ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit kartalarining raqamlarini ko’rsatishda haq to’lash ham nazarda tutiladi. Turizm sohasida turoperatorlar, qayd qilganimizdek, turizm industriyasining harakatlantiruvchi asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Turoperatorlar va turagentliklar hamkorligi turizmni rivojlantirishga asos bo’ladi va turizm bozorida turistga (iste’molchiga) mahsulotlar va xizmatlar yetkazib berishga xizmat qiladi (2.1-rasm).

Transport xizmatlari





Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə