1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati va tarkibiy qismi


Turoperatorlar va turagentlar faoliyati



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163947
1   2   3   4   5   6
Turizm industriyasi va infratuzilmasi

1.2-rasm. Turizm infratuzilmasining tarkibiy qismlari.
2. Turoperatorlar va turagentlar faoliyati

Turizm industriyasining tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona to’g’ri keladi: turoperatorlar va turistik agentliklar.
Bu korxonalar turizm xizmatining o’zi bilan bevosita shug’ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko’rsatuvchining o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar.
O’z navbatida ularning faoliyati ham xizmat ko’rsatishning asosini tashkil qiladi. Fransiyaning turistik qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining xarakteriga muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb to’g’ri nomlaydilar. Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi turoperatorlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatdi va ularning keyingi ixtisoslashuvini aniqlab berdi.
Turoperator bu – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini sotishga taklif etuvchi, uni tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorining faol subyekti hisoblanadi. Turoperator o’z faoliyati davomida vakolat imtiyoziga ega xaridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari xarid etish, bronlashtirish, o’zlashtirish, turpaketlar hozirlash jarayonlarini amalga oshiradi.
Turoperator – turistik paket ishlab chiquvchi sifatida turistik yo’nalishlar ishlab chiqish va turlarni shakllantirish bilan shug’ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, turyo’nalishlar bo’yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to’g’ridanto’g’ri yoki turistik agentliklar orqali turistlarga sotadi. Turoperator turistlarga turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o’zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko’rsatishga buyurtma berish vazifasini o’z zimmasiga olib osonlashtiradi.
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to’g’ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to’ldirish uchun, u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida bo’ladi.
Birinchi holda turoperator turistik paketni shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirda ko’p miqdorda sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo’lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo’lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o’zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo’ladi. Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko’lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko’rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to’g’ri bo’ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida»gi Qonuni bo’yicha o’z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o’z yo’llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turistik firma bajaradi. Yo’llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko’rsatish joyiga ko’rsatiladigan asosiy hujjat – vaucherdir).
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko’rsatishni shakllantirish va sotish jarayonlarida turoperatorlarning turni ishlab chiqishdagi tashkiliy bosqich ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • imkoniyatlar tahlili;

  • talabni o’rganish;

  • istiqbolni rejalashtirish;

  • xizmatlarni ta’minlovchilar bilan shartnomalar tuzish;  tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish;

  • yo’llanma bahosini ishlab chiqish va realizatsiya qilish;

  • turni tovar-metodik jihatdan ta’minlash;

  • turistlarni tegishli hujjatlar bilan ta’minlash;

  • realizatsiya;

  • reklama va axborotlar;

  • mutaxassis kadrlar tayyorlash;

  • marshrutga kadrlar tayyorlash;

  • turni o’tkazish va xizmat ko’rsatish sifati yuzasidan nazorat o’rnatish.

Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog’i unga turistik safarlarni sotish hajmini o’stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan, chiqish turizmining hududiy bozoriga kirib boradi. Bu bilan o’z xodimlarini ta’minlash xarajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O’z navbatida, turagent safarlarni oxirgi iste’molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga komission mukofot oladi. Uning hajmi, odatda, sotilgan turistik mahsulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko’paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko’proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofot turagentlikning asosiy daromad manbai bo’lib xizmat qiladi.
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot resursiga ega bo’ladi, turagent bo’lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo’lmaydi, chunki har ikkalasi o’xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo’nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə