1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati va tarkibiy qismi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163947
  1   2   3   4   5   6
Turizm industriyasi va infratuzilmasi



Turizm industriyasi va infratuzilmasi
Reja:



    1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati hamda tarkibiy qismi.

    2. Turoperatorlar va turagentlar faoliyati.


1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati va tarkibiy qismi
Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi, turizmning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizdan ko’proqni tashkil etadi, tarmoqda jahondagi mehnatga qobiliyatli aholining 8 foizga yaqini ish bilan band, turizm xizmatlari jahon eksportining 7 foizdan ko’prog’ini tashkil etadi.
Bugungi kunda «turizm industriyasi» tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud bo’lib, bunday ta’riflardan eng ishonchli va mukammali Birlashgan millatlar tashkilotining savdo va taraqqiyotga bag’ishlangan anjumanida berilgan edi1. Ushbu anjumanda e’tirof etilganidek, turizm industriyasi turistlar ehtiyojini qondirish uchun turistik mahsulotlar yaratishga yo’naltirilgan barcha turistik tashkilotlarning turli faoliyatlar yig’indisidan iborat.
Keyingi yillar davomida ushbu ta’rifning mazmun va mohiyatini aniqlash hamda turizm industriyasining tarkibiy qismlarini tavsiflash yo’lida ko’plab tadqiqotlar bo’ldi. Ammo bunga qo’l urgan tadqiqotchi va amaliyotchilar turli qiyinchilik, to’siqlarga duch keldilar. Bunday qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga asosiy sabab turizm industriyasining iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog’liqligidadir. Turizmning keng darajadagi ehtiyojini qondirishda sanoat va qishloq xo’jaligi, qurilish va savdo sohalari yagona, alohida bir tuzilmalar sifatida ishtirok etadilar. Shu sababli, turizm industriyasini boshqa sohalardan keskin chegaralash o’ta mushkul masaladir.
Hozirgi kunda faol iste’molchi o’ziga kerakli xizmatlar haqida individual tasavvurini shakllantiradi va bu taklifga bevosita ta’sir o’tkazadi. Natijada turizm industriyasi o’z tarkibini o’zgartirib, yangi, zamonaviy turistning xohish-istaklari hisobga olingan turistikrekreatsion obyektlarni yaratadi hamda turistlarga xizmat ko’rsatish sohasiga yashash tarzining qulayligi va ko’rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatliligini, originalligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan yangi faoliyat turlarini jalb etadi. Bu esa, o’z navbatida, turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi muhit va resurslardan jadal foydalanishga hamda avvallari turistik hisoblanmagan yangi resurslarni (qishloq va ekologik turizm) muomalaga jalb etishga undaydi. Turizm industriyasi mavjud resurslardan shunchaki foydalanib qolmasdan, balki muhitga nisbatan o’z individual talabini shakllantirib, o’zaro ta’sir xarakterini o’zgartiradi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə