10-amaliy mashg‘ulot. Axborot xavfsizligi. Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish


Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə5/11
tarix26.10.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#131289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-amaliy mashgтАШulot.

Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.
Bu harakatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin :
- fayllar atributlarining o‘zgarishi;
- disklarga doimiy manzillarda ma’lumotlarni yozish;
- diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish.
Tekshiruvchi (revizor) dasturlari virusdan himoyalanishning eng ishonchli vositasi bo‘lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning tizim maydoni holatini xotirada saqlab, doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlang‘ich holatlarini bir-biri bilan solishtiradi. Bu dasturga ADINF dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Viruslarga qarshi chora-tadbirlar
Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan va axborotlarni ishonchli saqlashini ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  • kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;

  • disketalarni ishlatishdan oldin har doim tekshirish;

  • qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida tarmoqlarda saqlash.

Kompyuter viruslarig qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud:

  • kompyuter viruslari kompyuterga kirganda fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;

  • kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;

  • disklarni yozishdan himoyalash;

  • litsenzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni qo‘llamaslik;

  • kiritilayotgan dasturlarni viruslarning mavjudligiga tekshirish;

  • antivirus dasturlaridan keng foydalanish;

  • davriy ravishda kompyuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.

Viruslarni aniqlash va davolash usullari
Hozirgi kunda kompyuter viruslariga qarshi kurashga ixtisoslashgan kompaniyalar vujudga kelgan. Ular har kun, har soat mijozlarning kompyuteridagi mavjud viruslarni topib, ularni yo‘q qiladigan antivirus dasturlarini yaratadilar.

Hozirgi kunda kompyuter viruslariga qarshi kurashuvchi antivirus dasturlaridan eng asosiylari KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker, NortonAntivirus, DrWeb, Adinf, AVPlar hisoblanadi.



Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə