10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


«Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari»



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

«Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari»
moddasida 
chorvachilikka doir umumishlab chiqarish xarajatlari aks ettiriladi. 
«Sug'urta to'lovlari»
moddasida chorvalarini sug'urta qilish xarajatlari 
hisobga olinadi. 
«Boshqa xarajatlar»
moddasida chorvachilik ishlab chiqarishga bevosita daxldor, 
ammo yuqorida ko’rib chiqilgan moddalarga kiritilmagan xarajatlar aks ettiriladi. 
 


Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot kirimining dastlabki hisobi. 
Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki hisobi ularning alohida 
moddalari bo'yicha guvohlik beruvchi boshlang'ich hujjatlar asosida yuritiladi. Chunki: 

mehnat xarajatlari 
- chorva mollarini parvarishlash, boqish, sovish va boshqa ishlarni 
bevosita olib boruvchi ishchilar (cho'ponlar, sut sog'uvchilar, jun qirqivchilar va boshqalar) 
tomonidan bajarilgan ishlarga guvohlik beruvchi naryad, tabel, sut sog'ish hisobi jurnali
hisob-to'lov qaydnomalari asosida hisobga olinadi;

ijtimoiy sug'urtaga majburiy ajratmalar
maxsus hisob-kitob asosida hisobga olinadi; 

em-xashak xarajatlari 
«YEm-xashak sarflash qaydnomasi» (94-shakl) asosida hisob-
kitob qilinadi

dori-darmonlar, tushash matyeriallarining sarfi 
maxsus dalolatnomalar asosida 
hisobga olinadi; 

boshqa turdagi ishlab chiqarish xarajatlari
tegishli hujjatlar asosida hisobga olinadi. 
Chorvachilik tarmog'ida etishtiriladngan mahsulotlar turli tumandir. Ularning asosiylari 
bo'lib go'sht, sut, jun, tuxum, go'ng, nasl hisoblanadi. Aynan ushbu chorvachilik mahsulotlari 
va ularni eg'ishtirishga doir ishlar xarajatlar ob'ekti, mos ravishda, kalkulyasiya ob'ekti bo'lib 
hisoblanadi. 
Chorvachilik mahsulotlari kirimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi: 
1.Sut sogish hisobi jurnali (112-shakl) va sut harakati qaydnomasi (114- shakl) - ushbu 
hujjatlar asosida sigirlarni sog'ishdan olingan sutning kunlik hisobi fyerma mudirlari 
tomonidan yuritiladi. 
2. Mollarni so'yish qaydnomasi (100-shakl) va nakladnoylar - mollarni so'yishda 
Komissiya tomonidan tuziladi. 
3. Junni qirqish va kirimi dalolatnomasi (116-shakl) - jun qirqish paytida komissiya 
tomonidan tuziladi. 
4. Qishlok xo’jalik mahsulotlari kirimi kundaligi (81-shakl) - asal, pilla, baliq va boshqa 
mahsulotlar bo'yicha yuritiladi. 
5.Tuxumlarni qabul qilish va saralash dalolatnomasi (109-shakl).
6.Tug'ilgan mollarni qabul qilish dalolatnomasi (95-shakl). 
7.Mollar vaznini tortish qaydnomasi (98-shakl). 
8.Tirik vaznning o'sishini aniqdash hisob-kitobi (98 a-shakl). 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə