10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

Asalarichilik.
Asal yo'nalishidagi asalarichilikda kalkulyasiya ob'ekti bo'lib asal, asalari 
uyasi, asalari suti, yangi oila kabi asosiy va yondosh mahsulotlar hisoblanadi. Ushbu 
mahsulotlar tannarxini kalkulyasiya qilishda ularning barchasi belgilangan koeffisientlarda 
shartli mahsulotga (asalga) o’tkaziladi. Shundan so'ng barcha turdagi shatrli mahsulotlarning 
jami shartli mahsulotdagi hissasi topiladi, Ushbu hissa asosida asalarichilikka sarflangan jami 
xarajatlar mahsulotlar o'rtasida taqsimlab chiqiladi. Har bir turdagi shartli mahsulot bo'yicha 
topilgan xarajat shu turdagi mahsulotning olingan miqdoriga bo'linib bir birlik mahsulotning 
tannarxi topiladi.
Baliqchilik.
Baliqchilikda kalkulyasiya ob'ekti bo'lib baliq va baliq bolalari hisoblanadi. 
Ushbu mahsulotlar tannarxini kalkulyasiya qilishda ularning barchasi belgilangan 
koeffisientlarda shartli mahsulotga (baliqKa) o’tkaziladi. Shundan so'ng barcha turdagi shatrli 
mahsulotlarning jami shartli mahsulotdagi hissasi topiladi. Ushbu hissa asosida baliqchilikka 
sarflangan jami xarajatlar mahsulotlar o'rtasida taqsimlab chiqiladi. Har bir turdagi shartli 
mahsulot bo'yicha topilgan xarajat shu turdagi mahsulotning olingan miqdoriga bo'linib, bir 
birlik mahsulotning tannarxi topiladi. Baliq bolalariga to'g'ri keladigan xarajatlar baliqchilik 
sohasi uchun tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi hisobot davriga 
o’tkaziladi. 
 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə