10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


Quychilik sohasida mahsulot tannarxini aniqlash hisob-kitobi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

Quychilik sohasida mahsulot tannarxini aniqlash hisob-kitobi 
Mahsulot 
turi 
O'lchov 
bir-ligi 
Mahsulot 
soni 
Mahsu- 
lotlarni 
sotish 
baxolaridagi 
qiymati, 
ming so'm 
Mahsulot- 
ning 
sotish 
xajmidagi 
xissasi, 

Ishlab 
chiqarish 
xarajatlari, 
ming so'm 
 
Bir birlik 
mahsulot 
tannar­xi, 
ming 
so'm 
 
Go'sht

400 
300000 
92,7 
264658 
661,6 
Jun 

100 
20000 
6,2 
17701 
177,0 


Qo'zi 
bosh 
500 
3750 
1,1 
3141 
6,28 
Jami: 


323750 
100,0 
285500 

Parrandachilik.
Parrandachilikda ishlab chiqarishning turli yo'nalishlari hamda 
bosqichlariga qarab turlicha asosiy mahsulotlar olinadi. Chunonchi, tuxum yo'nalishidagi 
parrandachilik ishlab chiqarishining birinchi bosqichida 1 kunlik jo'ja, ikkinchi bosqichida 
boquvdagi jo'jalarning o'sgan vazni, keyingi bosqichida esa olingan tuxum asosiy mahsulot 
hisoblanadi. Mos ravishda, ushbu mahsulotlar tannarxi kalkulyasiya qilinadi. 
1 kunlik jo'jalarning tannarxi inkubasiyaga qo'yilgan tuxumlar qiymati hamda 
inKubasiya xarajatlari (mehnat haqi, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, elektr enyergiyasi, isitish 
va boshqa turdagi xarajatlar) birgapikda olingan summadan yordamchi mahsulot qiymatini 
chegirib tashlagandan so'ng qolgan summani olingan 1 kunlik jo'jalar soniga bo'lish orqali 
topiladi. Misol uchun, fermer xo'jaligi 21 kundan iborat inkubasion davrga qo'yilgan 50000 
dona tuxumdan 49500 dona 1 kunlik jo'ja olgan, inKubasion sexning jami 1 xarajatlari jami 
20500 ming so'mdan iborat bo'lgan deylik. U holda 1 dona bir kunlik jo'janing tannarxi 
o'rtacha 414 so'mni (20500/49500) tashkil qiladi. 
Bir kunlik jo'jalar kirim qilingan kundan boshlab, to 4-5 oygacha o'stirishdagi va 
boquvdagi mollar guruhiga kiritiladi. Ushbu davrda kalkulyasiya ob'ekta bo'lib o'sgan vazn 
hisoblanadi. O'sgan vaznning tannarxini topish uchun o'stirishdagi va boquvdagi tovuqlarga 
sarflangan xarajatlar (yordamchi mahsulotlar qiymati chegirilgan holda) summasi hisobot 
davrida o'stirishdagi va boquvdagi tovuqlarning o'sgan vazni miqdoriga bo'linadi. 
O'stirishdagi va boquvdagi tovuqlarning tuxum beruvchi tovuqlar guruhiga o’tkazilgan 
kundan boshlab kalkulyasiya ob'ekti bo'lib tuxum hisoblanadi. Bir birlik tuxum tannarxini 
topish uchun tuxum beruvchi tovuqlar guruhiga sarflangan jami ishlab chiqarish xarajatlari 
(go'ng, pat, qanot qiymati chegirilgan holda) jami yig'ishtirib olingan tuxumlar soniga 
bo'linadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə