10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


oygacha o'lgan buzoqlar bo'yicha 1 s o'sgan vaznning tannarxi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

8 oygacha o'lgan buzoqlar bo'yicha 1 s o'sgan vaznning tannarxi 
quyidagi ketma- 
ketlikda va tartibda aniqlanadi. 
(1). Asosiy poda (sigirlar va xo’kizlar), 2 yoshdan oshgan buqa va boquvdagi mollarni 
boqish va parvarishlashga, shuningdek 8 oygacha bo'lgan buzoqlarni parvarishlashga ketgan 
jami xarajatlar (yordamchi mahsulot qiymati chegirilgan holda) topiladi. 
(2). 8 oygacha bo'lgan buzoqlarning hisobot davrida o'sgan vazni topiladi. 
(3). Yuqoridagi tartibning 1-bandida topilgan jami summa 8 oygacha bo'lgan 
buzoqlarning o'sgan vazniga bo'linadi. Shu yo'l bilan topilgan summa 8 oygacha bo'lgan 
buzoqlar bo'yicha 1 s o'sgan vazning tannarxini tashkil etadi. 
8 oygacha bo'lgan buzoqlar bo'yicha 1 s tirik vaznning tannarxini
aniqlash uchun 
dastlab asosiy podaga ketgan sarf-xarajatlarga (yordamchi mahsulot qiymati chegirilgan 
xolda) ushbu guruhga kiruvchi buzoqlarning hisobot yili boshidagi balans qiymati hamda 
chetdan olingan buzoqlarning qiymati qo'shilib ularning jami qiymati topiladi. Topilgan 
summani yil oxiridagi 8 oygacha bo'lgan buzoqlar hamda hisobot yilida chiqim bo'lgan 
(o'lganlardan tashqari) buzoqlarning jami vazniga bo'lish orqali 1 s tirik vaznning o'rtacha 
tannarxi aniqlanadi. Ushbu o'rtacha tannarx jami 8 oygacha bo'lgan buzoqlarning jami 
qiymatini, shuningdek emizikli buzoqlarning hisobot yili oxiridagi qiymatini aniqlashga asos 
bo'ladi. 
8 oydan oshgan yosh mollar hamda boquvdagi yirik mollar bo'yicha ularning o'sgan 
vazni va tirik vaznining tannarxi ham yuqoridagi tartibga o'xshash tarzda aniqlanadi.
Qo'ychilik.
Qo'ychilikda Kalkulyasiya ob'ekt bo'lib asosan o'sgan vazn (go'sht), tirik 
vazn, qo'zi, jun hisoblanadi. Asosiy mahsulotning tannarxi sohaga qilingan jami ishlab 
chiqarish xarajatlaridan yordamchi mahsulotlar (go'ng, o'lik tug'ilgan va tug'ilgandan keyin 
o'lgan qo'zilar tyerisi, texnik maqsadlarda ishlatilgan o'lgan mol go'shti) qiymatini ayirgandan 
keyin qolgan summadan iborat bo'ladi. Ushbu summa olingan mahsulotlar o'rtasida ularning 
sotish bahosi qiymatidagi hissasiga qarab taqsimlanadi. 
Misol:
Go'sht, jun qo'zi yo'nalishiga ixtisoslashgan fermer xo'jaligining jami xarajatlari 
285500 ming so'm. Olingan mahsulotlar: (1) o'sgan vazn (go'sht) 400 s; jun 100 s; olingan 
qo'zilar soni 500 bosh. Sotish hajmi (sotish baholarida): go'sht - 30000 ming so'm; jun -20000 
ming so'm; qo'zi -3750 ming so'm.
Yuqoridagi - misolda keltirilgan shartli ma'lumotlarga asosan qo'ychilikdan olingan 
mahsulotlar tannarxining hisob-kitobi 6.8-jadvalda keltirilgan.
6.8-jadvaldan ko’rinib turibdiki, o'sgan vazn (go'sht)ning jami tannarxi 264658 ming 
so'mni (285500*92,7%), 1 sentnyer go'shtning tannarxi 661,6 ming so'mni (264658/400), jun 
etishtirishga sarflangan jami xarajatlar 17701 ming so'mni (285500*6,2%), 1 sentnyer junning 
tannarxi esa 177 ming so'mni (17701/100), qo'zi etishtirishning jami tannarxi 3141 ming 
so'mni (28550*1,1%), olingan 1 bosh qo'zining tannarxi 6,28 ming so'mni (3141 /500) tashkil 
etgan. 
6.8-jadval

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə