10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


Chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash usullari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

 Chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash usullari. 
Chorvachilikdan olingan mahsulotlar asosiy va yordamchi mahsulotlarga bo'linadi.
Chorvachilik tarmog'ida asosiy mahsulot 
deganda .chorvachilikning ixtisoslashgan 
sohasini yuritishda olinishi bosh maqsad qilib olingan mahsulot turi tushuniladi. Chunonchi, 
qoramolchilikda bosh mahsulot bo'lib go'sht, sut, nasl (buzoq), o'sgan vazn hisoblanadi. 
Parrandachilikda tuxum va parranda go'shti bosh mahsulot hisoblanadi. Qo'ychilikda bosh 
mahsulot bo'lib olingan qo'zi va jun hisoblanadi.
Chorvachilik sohasida yordamchi mahsulot deganda 
asosiy mahsulot bilan bir 
vaqtda olinadigan, ammo xususiyatiga ko’ra ikkinchi darajali mahsulot tushuniladi, masalan 
go'ng, pat, qil, tyeri va boshqalar. 
Chorvachilikda uning har sohasi, bu sohalarning alohida yo'nalishlarida kalkulyasiya 
ob'ekti bo'lib turli mahsulotlar hisoblanadi. Quyida chorvachilikning ayrim sohalari va 
yo'nalishlarida mahsulot tannarxini aniqlash usullari va tartibiga to'xtalamiz. 
Sut yo'nalishidagi yirik shoxli qoramolchilik.
Sut yo'nalishidagi yirik shoxli 
qoramolchilik sohasida kalkulyasiya ob'ekti bo'lib sut va nasl (buzoq) hisoblanadi. Bu sohada 
tannarxni kalkulyasiya qilish birligi bo'lib 1 sentnyer sut hamda bir bosh nasl (buzoq) 
hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarning tannarxini ikkita usulda aniqlash mumkin: 


1-usul 
- shartli mahsulot tannarxi orqali hisoblash usuli. 
2-usul
— har bir mahsulot tannarxini individual hisoblash usuli. 
1-usul sobiq sovet davrida eng keng tarkalgan usul edi. Unga muvofiq sut yo'nalishidagi 
qoramolchilikda sut asosiy mahsulot, nasl (buzoq) esa sutga tenglashtiriladigan shartli 
mahsulot, deb qaralar edi. Olingan nasl (buzoq) 1,5 koeffisientda shartli mahsulotga, ya'ni 
sutga tenglashtirilar edi, 1 sentnyer sut va 1 bosh naslning tannarxini aniqlash uchun ushbu 
usulda dastlab sut yo'nalishidagi qoramolchilikka sarflangan jami haqiqiy xarajatlardan 
olingan yordamchi mahsulotlar (go'ng va boshqalar)ning qiymati chegirib tashlanadi. 
Shundan sung, topilgan haqiqiy xarajatlar sutga aylantirilib olingan mahsulotning shartli 
birlikdagi miqdoriga bo'linadi va shu yo'l bilan 1 sentnyer sutning tannarxi topiladi. 1 
sentrnyer sutning tannarxiga asoslangan holda keyin 1 bosh naslning qiymati baholanadi. 
Sut yo'nalishidagi qoramolchilikda asosiy mahsulot bo'lgan sut va nasl (buzoq) 
tannarxining 1-usulga muvofiq hisob-kitob qilish tartibini quyidagi misolda ko’rib chiqaylik. 
Misol.
Fermer xo'jaligining sut yo'nalishidagi asosiy podasini boqish va parvarishlash 
xarajati 32505 ming so'm. Yil mobaynida olingan mahsulotlar: sut 1200 s, buzoqlar - 40 
bosh, go'ng 310 t va qil - 0,3 s. Bir tonna go'ngning reja tannarxi 4000 so'm, bir sentnyer 
qilning reja tannarxi 50000 so'm. 
Yuqoridagi shartli ma'lumotlar asosida quyidagi hisob-kitoblarni qilamiz.
(1). Yordamchi mahsulotning jami reja tannarxi 1255 ming so'm (310*4000 + 
0,3*50000).
(2). Kalkulyasiya qilinadigan shartli mahsulot (sut)ning miqdori 1260 sentnyer (1200 + 
40* 1,5), 
(3). Bir sentnyer sutning tannarxi 24,8 ming so'm [(32505-1255) /1260]. 
(4). Jami buzoqlarning tannarxi 1488 ming so'm (60*24,8). 
(5) Bir bosh buzoqning tannarxi 37,2 ming so'm (1488/40).
Sut yo'nalishidagi qoramolchilikdan olingan sut va buzoqning tannarxini aniqlashning 
2-usuli hozirgi paytda respublikamizda keng qo'llanilmokda. Bu usulga muvofiq olingan sut 
va buzoq tannarxini aniqlash uchun dastlab sut yo'nalishidagi qoramolchilikka sarflangan jami 
haqiqiy xarajatlar (yordamchi mahsulotlar qiymati chegirilgan holda) aniqlanadi. Shundan 
so'ng jami haqiqiy xarajatlarning 10 foizi buzoq tannarxiga, qolgan 90 foizi sut tannarxiga 
olib boriladi. Yuqorida keltirilgan misoldagi ma'lumotlar asosida ushbu usulga ko’ra sut va 
buzoq tannarxi quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
(1) jami ishlab chiqarish xarajatlari - 32505,ming so'm;
(2) tannarxni hisoblashda chegirib tashlanadigan yordamchi mahsulotning qiymati 1255 
ming so'm (310 * 4000 + 0,3 * 50000); 
(3) tannarxni hisoblashga asos qilib olinadigan haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari 
31250 ming so'm (32505 - 1255); 
(4) sutning jami tannarxi 28125 ming so'm (31250* 90 %);
(5) buzoqlarning jami tannarxi 3125 ming so'm 31250 *10 %);
(6) 1 s sutning tannarxi 23,4 ming so'm (28125/ 1200); 
(7) 1 bosh buzoqning tannarxi 78,1 ming so'm (3125/40). 
Yirik shoxli qoramollar bolalari hamda boquvdagi mollarni kelgusida parvarish 
(o'stirish)ga sarflangan xarajatlarni hisob-kitob qilishda Kalkulyasiya ob'ekti bo'lib ularning 
o'sgan vazni va tirik vazni hisoblanadi. 
Hisobot yilida mollarning o'sgan vaznini (O'v) ularning har bir hisob guruhi bo'yicha 
quyidagi arifmetik qurilma asosida topish mumkin: 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə