10-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish



Yüklə 31,44 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü31,44 Kb.
#148105
1   2   3   4   5
10 mavzu

Ma’lumot va uslublar

1.Qanday materiallardan foydalandingiz?

2.Izlanishingizning asosiy mavzusi nima haqida?

3.Tadqiqotingiz qanday ko`rishga ega?

4.Qanday tartib-qoidalarga amal qildingiz?

Kerakli ma’lumotlarni to`plash bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so`ng, g`oyalarni ilmiy rahbaringiz, hamkasblaringiz yoki shu sohani yaxshi bilgan mutaxassislar bilan muhokama qilishingiz mumkin. Ko`pgina universitetlarda bitiruvchi talabalar uchun yozuvchilik, ya’ni tadqiqot ishini tamomlab olishga xizmat qiluvchi maxsus markazlar tashkil etilib, g`oyalarni muhokama qilish, o`zaro hamkorlikda faoliyat olib borish yo`lga qo`yilgan. Dastlabki bosqichda o`zaro fikr almashish vaqtni tejashga yordam beradi. CHunki mavjud xato va kamchiliklar atrofdagilarga ko`proq, seziladi, eng zarur tavsiyalar ham ulardan chiqishi mumkin. Bu tadqiqot ishini to`g`ri yo`naltira olish va keraksiz narsalarga chalg`ib ketmaslikning oldini oladi.
Ishning qoralama nusxasini tayyorlash
Etarlicha fikr-mulohaza, ma’lumotlarga ega bo`lganingizdan keyin tadqiqot ishining qoralama nusxasini tayyorlashga kirishishingiz mumkin. Yozib bo`lishingiz hamono yakunlashga shoshilmang. Mos so`z yoki jumla, yaxshi iborani qo`llash, gaplardagi ma’no g`alizligining oldini olish uchun vaqtingiz bor.
Ko`pchilik talabalar izlanuvchilikda malakasi etishmasligidan shikoyat qiladi. Psixologlarning aytishicha, bo`sh joyga qarab xayol surib o`tirish tushkunlikni keltirib chiqarar ekan. Yosh olim ishini boshlar ekan, uning oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib chiqqandan keyin tadqiqot ishining aslini yozishni boshlasa ham bo`ladi.
Tadqiqotda ish materiallari va metodlari birinchi bo`limda keltirilgani ma’qul. Qo`lingizda mavjud ma’lumotlardan tushunarsizlarini chiqarib tashlang. Sababi, mazkur bo`limda tushuntirish ishlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Bo`lim yakunini yozayotganda esa ishingizni baholash maqsadida boshqa tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o`tishingiz mumkin. Eng muhimi-chalg`imaslik. Bir bo`limdan boshqasiga o`tish jarayonida tadqiqot maqsadingiz noaniq, bo`lib qolishi kutilgan natija bermasligi mumkin.
Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Agar keltirilayotgan fikr hammaga ma’lum yoki yaqinda bu borada maqola e’lon qilingan bo`lsa, bu haqda adabiyotlar ro`yxati orqali iqtibos berib o`tishning o`zi etarli. Lekin yangi fikrni o`rtaga tashlamoqchi bo`lsangiz, uni ipidan ignasigacha, hatto ko`pgina qo`shimcha ma’lumotlar keltirilgan holda izohlashingiz kerak.
Shuningdek, ma’lumotlarni izchil keltirish uchun gapning kesimiga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni, bu erda kesimning aniq yoki majhul nisbatda ekanligi borasida so`z yuritilmoqda. Agar o`z tadqiqotingiz haqida ma’lumot bermoqchi bo`lib, gapni “biz” olmoshi bilan boshlasangiz, bu ko`pgchilik uchun g`alizroq tuyuladi. Agar siz fe’lni aniq nisbatda bermoqchi bo`lsangiz, yuqoridagi olmoshni imkon qadar kamroq qo`llaganingiz maqsadga muvofiq.
Tadqiqot ishini yozishda eng muhim jihatlardan yana biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berish. Ishingizda keraksiz va bo`yoqdor so`zlar, ma’no yaxlitligiga soya soluvchi fikrni ishlatishdan qoching.

Yüklə 31,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə