10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 mavzu stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yin

2.
 
Stress holati. 
Fanda stressing bir necha ko’rinishlari ajratilinib 
ko’rsatilinadiki, bu stress holatlari bo’lib hisoblanadi. Stress holatida shaxsning 
xatti-harakatlari o’ziga xos tarzda o’zgaradi, unda qo’zg’alishning umumiy 
reaktsiyasi paydo bo’ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. 
Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, 
sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida 
fiziologik o’zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin. 
Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik 
stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo’ladi. Shaxs stress holatida telefon 
nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil 
tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va boshqalar. 
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, 
shakllangan malakasi muhim rol o’ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning 
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Undagi yuksak his-tuyg’ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, 
sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat 
qiladi. 
Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt 
davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning 
hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, 
zerikishlik, qayg’urishlik singari his-tuyg’ular uning ruhiy holatini umumiy 
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga 
kelishiga qylay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. Inson 
xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, 
keksalarning o’git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog’dagiga 
nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. 
Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real 
guruhlarida ishchanlik, o’zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit 


yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy 
mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. 
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizidan vujudga 
keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri- shaxslarning 
ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy nuqtai nazarlari, hayotning 
turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunochi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim 
yutug’i, rahbar va xodim, o’qituvchi va saboq oluvchi o’rtasidagi munosabatlari, 
oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo’lgan 
turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va 
ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik 
kayfiyatning manbalari bo’lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, 
noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga 
kelganligidan xalovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar 
namoyon bo’lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda 
xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o’tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni 
qo’llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Fanda stressning kayfiyat bilan bog’liq bir necha turlari ajratilinib 
ko’rsatilgan. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə