13 jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o



Yüklə 115,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix25.12.2023
ölçüsü115,72 Kb.
#161440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-сон 2023-13-19

Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolani shakllantirishda daromad solig
‘i bo‘yicha qiyosiy
tahlil metodikasidan 
foydalanilgan bo
‘lib,
xorijiy mamlakalarning soliq tizimi bilan taqqoslab o
‘rganilgan. 
Qolaversa, analiz, 
sintez, induksiya, deduksiya 
metodlariga tayanilgan holda, tadqiqot olib borilgan va yakuni bo‘yicha 
xulosa va takliflar shakllantirilgan.
 
 
Tahlil va natijalar muhokamasi. 
Hozirda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 381
-moddasi 1-qismiga 
muvofiq jismoniy shaxsnin
g daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Yangi 
tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-
qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari 
bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyi
dagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar
4
https://taxfoundation.org/income-taxes-affect-economy/ 
5
https://www.aeaweb.org/conference/2013/retrieve.php?pdfid=394 


Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
15 
 
4) boshqa daromadlar. Boshqa hollarda daromadlarni soliqqa tortish qonunchilikka xilof 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi ma’lumotlarga muvofiq daromad solig‘ini to‘lash tartibi daromad manbaidan yoki 
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. Deklaratsiya taqdim etishdan maqsad 
daromad oladigan jismoniy shaxslar qo‘shimda ish joyiga ega bo‘lsa, mulkni ijaraga berish, mol
-mulkni 
sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar evaziga soliq davrining 1
- aprelidan 
kechiktirmagan tartibda o‘zi istiqomad qilib turgan soliq inspeksiyasiga taqdim etishi so‘raladi. 
Daromad solig‘ini rivojlangan mamlakatlar misolida tahlil qiladigan bo‘lsak 
Germaniyada amaldagi soliq tizimida daromad solig‘i progressiv ya’ni o‘sib boruvchi shkalarda 
hisoblanadi. Jismoniy shaxsning daromadiga soliq solish progressivdir. Boshqacha qilib aytganda, 
daromad qancha ko‘p bo‘lsa, to‘lanadigan soliq
stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi. 2023 yilda 
Germaniyada jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari 14%-45% ni tashkil qiladi. Turmush 
qurmaganlar 277 825 evrodan yuqori daromad solig‘i bo‘yicha 45% miqdorida to‘laydilar.

Yüklə 115,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə