13 jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o


Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul



Yüklə 115,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü115,72 Kb.
#161440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-сон 2023-13-19

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
18 
 
Prezident qarori bilan 
norezidentlarning O‘zbekistondan olinadigan daromadlaridan 
(dividendlar, foizlar va yuk tashishdan olinadigan daromadlardan tashqari) undiriladigan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga tushirildi. 2022
-yil 1-apreldan 
2024-yil 31-
dekabrgacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari 
va norezidentlari) aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalaridan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod 
etildi. Quyidagi 2-rasmda keltrilgan 
ma’lumotlarga tayangan holda 2022
-yil hamda 2023-yilning I choragi davomida budjetga kelib tushgan 
soliqlar tarkibida QQS hamda foyda solig‘idan keyingi 3
-
o‘rinda daromad solig‘i 5237 mlrd. so‘mdan 
6622 mlrd. so‘mgacha oshgani ma’lum bo‘ldi. 
 
2-
rasm. Soliq turlari bo‘yicha 2022
-2023-yilning I choragida budjetga tushgan tushumlar 
(mlrd. so‘mda)
11
 
 
Joriy 2023-
yilda jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga 
yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln so‘m) bo‘yicha 
talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq 
solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 
bar
avarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirilmoqda
12
. Davlat budjeti daromadlari prognozi 2023- yilda 
232,107.1 mlrd. so‘m yoki YAIMga nisbatan 21,8 foiz bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, uning ulushida 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I to‘lovchilari 5,5 mln dan ortiq kishini tashkil etadi. 
Shundan 242, 758 ming nafari ya’ni 4,4 % ini YaTT lar tashkil etmoqda.

Yüklə 115,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə