13-mavzu. O‘zbekiston pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati reja: O‘zbekistonda pandemiya boshlanishi va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar


Butun dunyoning birgalikda kurashishi



Yüklə 42,41 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü42,41 Kb.
#161783
1   2   3   4   5
13-mavzu. O‘zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati.

Butun dunyoning birgalikda kurashishi
Pandemiya kasallik tarqalishiga jahon hamjamiyatining tayyorgarligi, afsuski, yetarli emasligini ko‘rsatib berdi. Agar birgalikdagi say-harakatlar kuchaytirilmasa, vaziyat nazoratdan chiqib ketishi va ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus 2020-yil 18-sentabr kuni matbuot uchun brifingda nutq so‘zlab, qat’iy siyosiy iroda va yetarlicha moliyaviy resurslar bizga bugun pandemiyaning oldini olish va keyinchalik yumshatish imkonini berishini ta’kidladi. Bu xayriya tadbiri emas, bu bizning umumiy kelajagimiz uchun investitsiyalardir. Mamlakatlar uchun keskin o‘zgarish davri yetib keldi va jahon rahbarlari infeksiya tarqalishini jilovlashga va sog‘liqni saqlash tizimi hamda tibbiyot xodimlarini himoya qilishga ko‘maklashadigan sinalgan aniq maqsadli choralar ko‘rishi zarur.
Koronavirusga qarshi kurashda ijobiy natija ko‘rsatayotgan Tailandni misol qilib keltirish mumkin. Shu yilning 13 yanvar kuni Tailand kasallikni Xitoydan tashqarida aniqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi. OO‘RS (og‘ir o‘tkir respirator sindromi) va H5N1 (parranda grippi) infeksiyasiga qarshi kurashish tajribasi va ijtimoiy sog‘liqni saqlash hamda epidemik nazoratning ishonchli tizimi Tailandda «mushakli xotira»ni rivojlantirish imkonini berdi, bu esa COVID-19 pandemiyasiga qarshi tezlikda choralar ko‘rishga zamin yaratdi.
Davlat organlarining qat’iy kompleks say-harakatlari va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi hamda millionlab jamoat tibbiy-sanitariya xodimlari (mamlakat aholisi 69 milliondan ortiq) borligi kasallik yuqtirgan shaxslarni va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlashning samarali tizimini tezlikda rivojlantirishga ko‘maklashdi. Bu mamlakatga infeksiya yuqtirish zanjirini uzishga yordam bergan fuqarolar ko‘magida virus tarqalishini to‘xtatish imkonini berdi. JSST Tailandning say-harakatlarini yuqori baholadi.
Ma’lumotlarni yashirmaslik kerak
Germaniya tajribasi yaxshi namuna bo‘la oladi. U yerda epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq siyosiy qarorlar Robert Kox institutining ishonchli ma’lumotlariga asoslanadi. Mazkur institut Germaniyaning yuqumli va bakterial-virusli kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biridir.
O‘zbekiston uchun ham epidemiyani jilovlash bo‘yicha ishlarni qat’iy ilmiy asosda olib borish, mamlakatdagi epidemiya ko‘lamini baholash, shuningdek, qarorlar qabul qilishda faqat ishonchli manbalardan foydalanish o‘ta muhimdir. Ma’lumotlarniyashirish yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini bermaydi, natijada zarur chora-tadbirlar ko‘rilmaydi, bu esa oxir-oqibat koronavirus qurbonlari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Ishonchli tarzda to‘plangan ma’lumotlar har kuni hududiy va milliy darajada umumlashtirilishi hamda tahlil qilib borilishi kerak. Ma’lumotlar bemorlarning yoshi, jinsiy mansubligi, test turi va kasallikning og‘irligi bo‘yicha ajratilishi lozim. Doimiy tahlil hisobotlari hukumat veb-saytida erkin joylashtirilishi maqsadga muvofiq.
Vaholanki, bir nechta davlatning ko‘plab mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari kuzatuv ma’lumotlarini taqdim etish uchun allaqachon onlayn boshqaruv panellarini ishlab chiqdi. Ularning asosiy maqsadi infeksiya tarqalishini cheklash, sog‘liqni saqlash idoralariga COVID-19 yuqish xavfini boshqarish va shu bilan iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatni maksimal darajada tiklash imkoniyatini berishdir. Ehtimol, bizda ham epidemiologik nazorat tizimiga yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish vaqti kelgandir.

Yüklə 42,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə