13-mavzu. O‘zbekiston pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati reja: O‘zbekistonda pandemiya boshlanishi va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar



Yüklə 42,41 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü42,41 Kb.
#161783
1   2   3   4   5
13-mavzu. O‘zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati.

Test va yana bir marta test
Epidemiyani jilovlash bo‘yicha boshqa mamlakatlarning tajribasidan ibrat olish mumkin. Xususan, pandemiya bilan kurashish bo‘yicha Germaniya bemorlar orasida o‘lim darajasining pastligi bilan bugun Yevropadagi qo‘shnilariga qaraganda peshqadam. Bunda unga keng dasturdagi test tizimi, qat’iy karantin va sog‘liqni saqlashning ishonchli tizimi yordam bermoqda.
Germaniyada haftasiga 120−200 ming kishidan test olinadi, bu esa, kasallikni erta aniqlash imkonini beradi. Mamlakatda virus yuqtirganlar soni kuniga 50 kishiga, hatto ba’zi mintaqalarda har 100 ming aholiga 30−35 kishiga ko‘payishi noxush holat hisoblanadi. Hozirgi kunda infeksiya aniqlanganlar soni kuniga 100 ming aholiga 3,1 kishini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, bu mamlakatda boshqa laboratoriyalarga testlarni o‘tkazishni taqiqlaydigan tezkor bo‘lmagan diagnostika tizimiga ega markazlashtirilgan davlat laboratoriyasi mavjud emas. Tibbiyot sohasi — bu ochiq bozor. Davlat va xususiy tibbiy xizmatni birlashtirgan rivojlangan tizim pandemiya bilan kurashishda nihoyatda qo‘l kelmoqda. Germaniya bir kishining sog‘lig‘ini saqlash maqsadlariga har yili 4 714 dollar sarflaydi. Bu boshqa davlatlarga qaraganda ko‘p. Bundan tashqari, Germaniyada ixtisoslashgan shifokorlar va tibbiy muassasalar, shuningdek yetarli miqdordagi yotoq joylar mavjud. Bularning barchasi, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, og‘ir ahvoldagi bemorlarning omon qolishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Fuqarolarning cheklov choralariga munosabatini tushungan holda hukumat olib borgan faol harakatlar Janubiy Koreyaga koronavirusning ikkinchi to‘lqini jadalligini pasaytirishda yordam berdi. Pandemiyaga qarshi kurash strategiyasi «sinovdan o‘tkazish, kuzatib borish, oldini olish» tamoyiliga asoslandi.
Test olish jarayonlari qanday o‘tdi? Hukumat tezkor, qulay va ommaviy testlar o‘tkazdi. Eng boshidanoq kunlik testlar soni 12−20 ming oralig‘ida o‘zgarib turdi. Bunday hajmlar infeksiya o‘choqlarini tezda aniqlash va lokalizatsiya qilishga imkon berdi. Bunday dasturni amalga oshirish uchun butun mamlakat bo‘ylab bepul mobil markazlar tarmog‘i yaratildi. Ular piyoda yurish (walk-thru) va transport haydash (drive-thru) tizimlarida ishladi.
10 million aholisi bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) iyul oyidayoq allaqachon 4,5 milliondan ortiq testlarni o‘tkazgan, bu o‘sha paytda AQShning shunday ko‘rsatkichidan 3 baravar yuqori edi. Darvoqe, bu milliondan ortiq aholisi bo‘lgan davlatlar orasida eng yuqori test darajasi bo‘ldi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati sinovlardan o‘tishni juda osonlashtirdi va ushbu choralar ko‘p jihatdan virus tarqalishining oldini olishga yordam berdi. Shubhasiz, ommaviy test infeksiyaning tarqalishi va saqlanishida muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda koronavirusni aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda 43 ta davlat laboratoriyasi,ularda 92 ta koronavirus infeksiyasini aniqlash usukunalari mavjud.
Bugungi kunga kelib koronavirus dunyoning 213 mamlakati va hududiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Ammo ulardan faqat 104 tasidagina COVID-19 testlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud, xolos. Afsuski, Xalqaro ma’lumotlar bazasida joriy yilning 14 iyun kunidan keyin O‘zbekiston haqida ma’lumot uchramadi. Veb-sayt ma’lumotlariga ko‘ra, Lyuksemburg (12.49), Bahrayn (5.83), BAA (4.56), Isroil (3.12), Daniya (2.25) aholining har mingta qismiga to‘g‘ri keladigan testlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘tkazilgan testlar sonini bilish, haqiqiy vaziyatni, uning dinamikasi va prognozlarini baholash uchun ham o‘ta zarurdir, bu yetarli darajadagi chora-tadbirlar tizimini shakllantirish imkonini beradi.

Yüklə 42,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə