13-mavzu. O‘zbekiston pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati reja: O‘zbekistonda pandemiya boshlanishi va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar



Yüklə 42,41 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü42,41 Kb.
#161783
  1   2   3   4   5
13-mavzu. O‘zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati.


13-MAVZU. O‘ZBEKISTON PANDEMIYA SHAROITIDA DAVLATIMIZNING XALQ SALOMATLIGINI ASRASH BORASIDAGI SAMARALI FAOLIYATI


REJA:
1.O‘zbekistonda pandemiya boshlanishi va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar.
2. Butun dunyoning pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish jarayoni.
3.O‘zbekistonda vaksinatsiya boshlanishi.

2020-yil 11-mart kuni JSST dunyoda pandemiya boshlanganini e’lon qildi. 2020-yil 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus ilk bora qayd etildi. 16-martdan boshlab barcha ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarildi, har qanday ichki va tashqi parvozlar to‘xtatildi. 23-martdan boshlab Toshkent shahri va viloyatlararo transport qatnovi ham to‘xtatildi. Insoniyat duch kelgan pandemiya rejalarimizni buzib yubordi, iqtisodiyotga qaqshatqich zarba berdi, xalqaro aloqalarni muzlatib, xalqlarni o‘z hududlaridagi uylariga qamab qo‘ydi. Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun - shunga e’tibor bering - har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo‘yicha 500 millionta ish o‘rni yo‘qotilgan. Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan qariyb 30 ming o‘rinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta’minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi. Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar ko‘rsatildi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so‘mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yordamlar berildi. “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida fidoyi va olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.



Yüklə 42,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə