14-ma’ruza: diskret va impulsli modulyatsiyalangan signallar


Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri



Yüklə 76,38 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü76,38 Kb.
#158535
1   2   3   4   5   6
14 МАЪРУЗА

Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri.
Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri xuddi shu usulda aniqlanadi va uning spektri ikki xil qiymatga ega bo‘lgan va chastotalarni davriy signal bilan amplitudasi bo‘yicha manipulyatsiyalash natijasida olingan spektrlar yig‘indisiga teng bo‘ladi (14.4-rasm).



14.4-rasm. ChMp signal spektri

Avval ko‘rib chiqilgan, modulyatsiyalangan signallarni shakllantirishda tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik signallardan foydalanib, ushbu tashuvchining amplitudasi, fazasi va chastotasini nisbatan past chastotali modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalagan (uzatilayotgan xabar signaliga mos ravishda o‘zgartirgan) edik. Raqamli aloqa tizimlarida (radiotelemetriya, radioboshqaruv va boshqalar) birlamchi axborot tashuvchi sifatida impulslar ketma-ketligidan ham foydalaniladi. Bu impulslar ketma-ketligi quyidagi asosiy parametrlarga ega: impuls amplitudasi, takrorlanish chastotasi, impuls davomiyligi. Ushbu parametrlarning birortasini uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgartirish natijasida impulslarni modulyatsiyalash amalga oshiriladi. Ushbu modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketligi bilan ikkilamchi – asosiy garmonik tebranish signali amplitudasi, chastotasi yoki fazasini modulyatsiyalash natijasida IAM-AM, IAM-ChM, IAM-FM, IChM-AM, IChM-FM, IKM-AM, IKM-ChM va h.k. yuqori chastotali signallar shakllantiriladi va radiokanallar orqali uzatiladi.


.


14.2. Impulslar modulyatsiyasi va impulsli modulyatsiyalangan signal spektri


Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligining chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslarning takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi analog signalning maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo‘lishi shart.


Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklarining vaqt diagrammalari 14.5-rasmda keltirilgan.



14.5-rasm. Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari




  1. Yüklə 76,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə