14-ma’ruza: diskret va impulsli modulyatsiyalangan signallar


Impuls amplitudasi modulyatsiyasi



Yüklə 76,38 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü76,38 Kb.
#158535
1   2   3   4   5   6
14 МАЪРУЗА

Impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), bunda impulslar ketma-ketligining amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyasida impulsning amplitudasi quyidagicha o‘zgaradi:

.
IAM signallar ikki xil bo‘lishi mumkin:
a) birinchi tur IAM-I, bunda impulslarning oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o‘zgaradi;
b) ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o‘zgarmas bo‘lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (14.5v-rasm).

  1. Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslarning davomiyligi (kengligi) o‘zgaradi. Impulslar davomiyligi modulyatsiyasida impulslarning kengligi quyidagicha o‘zgaradi:

,
bunda, – impulsning bir tomonga maksimal kengayishi.
IDM ikki turli bo‘lishi mumkin (14.5g-rasm):
a) impulsning takt chizig‘iga nisbatan faqat bir tomonga – orqa tomonga ga uzatilayotgan xabar signalining amplitudasiga mos ravishda kengayishi;
b) impulsning takt chizig‘iga nisbatan har ikki tomonga uzatliyotgan xabar signalining amplitudasiga mos ravishda ga kengayishi (old va orqa frontning bir hilda surilishi);

  1. Impulslar fazasi modulyatsiyasi (IFM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslarning holati takt chizig‘iga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljiydi (davomiyligi o‘zgarmas saqlanib qoladi, 14.5d-rasm). Impulslar fazasi modulyatsiyalanganda uning fazasi (boshlang‘ich holati) takt chizig‘iga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydi, ya’ni

.

  1. Impulslar chastotasi modulyatsiyasi (IChM), bunda impulslarning takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi xabar signalining amplitudasiga mos ravishda  ga o‘zgaradi (14.5e-rasm). Impulslar chastotasi modulyatsiyalanganda ularning takrorlanish chastotasi xabarga mos ravishda kattalashadi va kichiklashadi.


 IFM va IChM signallarni umumlashtirgan holda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalangan impuls – impuls vaqt modulyatsiyasi (IVM) deb ataladi.


  1. Yüklə 76,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə