14-ma’ruza: diskret va impulsli modulyatsiyalangan signallar


Impuls kod modulyatsiyasi



Yüklə 76,38 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü76,38 Kb.
#158535
1   2   3   4   5   6
14 МАЪРУЗА

Impuls kod modulyatsiyasi (IKM), bunda birlamchi analog xabar (signal) diskretlash va kvantlash natijasida raqamli kodlangan diskret xabarga aylantiriladi va har bir takt chizig‘i vaqti oralig‘ida ushbu kodlar kombinatsiyasiga mos keluvchi “1” va “0” elementar signallar ketma-ketligi shakllantiriladi. Ushbu kodlar ketma-ketligining impulslari yuqori chastotali garmonik tebranish signalining asosiy parametrlaridan birini modulyatsiyalashi natijasida: IKM-AM, IKM-ChM, IKM-NFM signallar shakllantiriladi.

Impuls amplitudasi modulyatsiyalangan signal spektri.
To‘rtburchak shaklidagi videoimpulslar ketma-ketligini past chastotali bir tonli signal bilan IAM-I signal spektrini aniqlaymiz. Modulyatsiyalovchi xabar signali bo‘lgan holat uchun videoimpulslar ketma-ketligi spektri quyidagilardan tashkil topgan bo‘ladi.

bunda, , , ,  – amplituda, impulslarning takrorlanish davri, chastotasi va davomiyligi.
Impulslar ketma-ketligi amplituda modulyatsiyasi natijasida quyidagi qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi:
 , .
Bu holda

Uncha murakkab bo‘lmagan trigonometrik o‘zgartirishlardan so‘ng IAM signal uchun quyidagi ifodani olamiz:


(14.15) va (14.15) ifodalarni bir tonli xabar signali bilan modulyatsiyalash natijasida olingan IAM signal spektri oddiy modulyatsiyalanmagan impulslar spektridan quyidagilar bilan farqlanadi:
- modulyatsiyalovchi signal chastotasi ga teng tashkil etuvchisining borligi bilan;
- modulyatsiyalanmagan impulslar ketma-ketligi spektrining har bir tashkil etuvchisi yonida chastotali yon tashkil etuvchilari borligi bilan (14.6-rasm).



14.6-rasm. IAM signal spektri

Agar impulslar ketma-ketligi murakkab shakldagi (davriy bo‘lmagan) xabar signali bilan modulyatsiyalansa, u holda yuqori chastotali yon spektr tashkil etuvchilarining soni va past chastotali spektr tashkil etuvchilarining soni ko‘payadi. Ushbu IAM signal spektrida past chastotali tashkil etuvchining borligi, uning detektorlanishini past chastotalar filtri yordamida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Past chastotaga eng yaqin bo‘lgan IAM signal spektri tashkil etuvchisining chastotasi ga teng bo‘lib, past chastotali tashkil etuvchilarni ajratib olishni osonlashtirish uchun sharti bajarilishi talab etiladi.


Boshqa tur impuls modulyatsiyasi signallarining spektrlari ham IAM signal spektri kabi aniqlanadi. Bunda modulyatsiyalanmagan impuls spektri ifodasidagi tegishli o‘zgaruvchining modulyatsiyalanadigan parametrini modulyatsiyalovchi ga mos ravishda o‘zgartirish va uni tashkil etuvchilarga yoyish kerak bo‘ladi.
Nazorat savollari



  1. Diskret modulyatsiya deb qanday modulyatsiyaga aytiladi?

  2. AMp, ChMp va NFMp signallar spektrini chizib ko‘rsating va ularni bir-biri bilan taqqoslang.

  3. Impulslar ketma-ketligidan tashuvchi sifatida foydalanib qanday modulyatsiya turlarini amalga oshirish mumkin?

  4. Impulslar modulyatsiyasi signallarning vaqt diagrammalari uzluksiz kosinusoidal signal bilan modulyatsiyalanganda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  5. Bir past chastota Ω yoki F bilan impulsli modulyatsiyalangan signallar spektri matematik ifodalarini yozing va spektr diagrammalarini chizing, ularni o‘zaro taqqoslang.




Yüklə 76,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə