14-mavzu: amaliy ekonometrik modellar


Bozor talabi egri chizig‘i



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/9
tarix17.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#117755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-Ma\'ruza

Bozor talabi egri chizig‘i. Aloxida bir mahsulotga bo‘lgan bozor talabi, bu shu bozorda ishtirok etuvchi barcha haridorlarning individual talablarining yig‘indisidir.
Bozor talabining asosida individual talab yotadi, va uni shakillanishiga har bir aloxida iste’molchining talablari ta’sir o‘tkazadi. Bozorda talab xajmi faqat mahsulotning narhidan bog‘liq bo‘lmaydi, shu bilan haridorlarning daromadlaridan, ularning did va afzallik bildirishlari, kutishlari va boshqa o‘zoro bog‘liq mahsulotlar narhlari, hamda haridorlar sonidan ham bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi egri chizig‘ini hosil qilish uchun individual talablar egri chiziqlarini gorizontal qo‘shib chiqish kerak bo‘ladi.
Ya’ni bozorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir narh bo‘yicha mahsulotning talab qilinayotgan umumiy miqdori aniqlanadi. Buning uchun gorizontal o‘qi bo‘yicha individual talab miqdorlarni qo‘shib chiqiladi.
Hosil bo‘lgan bozor talabi egri chizig‘ini bozor mexanizimini faoliyaini o‘rganishda, korxonalarni joylashtirish va rivojlantirishda foydalanish mumkin. Bozor talabi egri chizig‘ining ko‘rinishi quyida keltirilgan.
Bozor talabi egri chizig‘i siniq chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, bu siniq chiziqlar har bir individual haridorning talab chizig‘idan iboratdir. Bozorda haridorlar ko‘p bo‘lsa siniq chiziq tekis egri chiziq ko‘rinishiga keladi.
Bozor faoliyatining ikkinchi ishtirokchilari – ishlab chiqaruvchilarning individual takliflarining umumiy yig‘indisi - bozor taklifi egri chizig‘ini hosil qiladi. Bozor taklifi xajmi aloxida sotuvchilarning taklifini aniqlovchi omillardan bog‘liq bo‘ladi: mahsulot narhi, ishlab chiqarish resurslarining narhi, texnika darajasi va kutishlardan hamda yetkazib beruvchilarning sonidan. Bozor taklifi egri chizig‘i ham siniq chiziq ko‘rinishida bo‘lib quyida keltiriladi.
Bozor taklifi egri chizig‘i siniq chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib har bir chiniq chiziq bir ishlab chiqaruvchining taklif egri chizig‘idir. Bozor taklifi egri chizig‘ini hosil qilish uchun individual taklif egri chiziqlari gorizontal bo‘yicha qo‘shiladi. Ya’ni, har bir narhda umumiy taklif xajmini aniqlash uchun individual taklifni gorizontal o‘qi bo‘yicha qo‘shiladi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə