14-mavzu: amaliy ekonometrik modellar


-rasm.Bozordamahsulotnarhinivaqtbo‘yichao‘zgarishdinamikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/9
tarix17.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#117755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-Ma\'ruza

9.5.-rasm.Bozordamahsulotnarhinivaqtbo‘yichao‘zgarishdinamikasi

Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik instrumentlari – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari erkin bozorlarni samaradorligini baholash bilan birga korxonalarning joylashishi va rivojlanishini modellashtirishda maqsad mezoni ko‘rsatkichlari sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda bozorning har bir ishtirokchisi faqat o‘zi manfatlarini, farovonligini ko‘zlab ish yuritsa ham, bozor narhi sharoitni muvozanat xolatiga olib kelishga harakat qilib, bozor ishtirokchilarining barchasini manfatlarini maksimallashtiradi.


Bozor samaradorligi muammosini hal qilishda va iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari ko‘rsatkichlaridan korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellarida maqsad mezoni sifatida foydalanishda bozorning faoliyati bilan bog‘liq bir nechta taxminlar qilingan edi. Agarda bu taxminlar o‘z kuchini yo‘qotsa, yuqorida qilingan xulosalar shubxa o‘yg‘otishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Yuqoridagi xulosalar takomillashgan raqobat sharoitida faoliyat olib boruvchi bozorlarga ta’luqlidir. Xaqiqatda esa bozorlardagi raqobat sharoiti sof raqobatdan juda ham uzoqda. Ba’zi bir bozorlar bir yoki bir necha sotuvchilar yoki haridorlar iborat bo‘lib, ular bozor narhini nazorat, yoki bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatlari samaradorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin, negaki xukumronlik qilish yetkazib beruvchilarga mahsulot narhi va xajmini talab va taklif muvozanati xolatidan uzoqroqda bo‘lgan darajada ushlab turish imkonini beradi.
2. Bozor faoliyati natijalari faqat haridor va sotuvchilarning xatti-harakatlaridan bog‘liq deb taxmin qilingan edi. Ammo xaqiqatda ularning qarorlari faqat bu bozorga emas, shu bilan boshqa bozorga ta’luqli sub’ektlarga ta’sir qilishi ham mumkin. Haridor va sotuvchilar iste’mol qilish va ishlab chiqarish xaqida qaror qabul qilib, boshqa bozorlardagi xolatlarni hisobga olmaydilar. Shuning uchun ushbu bozordagi muvozanat holati boshqa bozorlardagi muvozanat xolatiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin va shu bilan ularning qarorlari butun jamiyat uchun samarali bo‘lmasligi mumkin.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə