17-mavzu: Restoran xizmatlarida xavfsizlik qoidalari reja


kamera va havo chiqaruvchi mo‘rilarni o‘z vaqtida tozalab turish



Yüklə 390 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü390 Kb.
#138491
1   2   3   4   5
17-mavzu

kamera va havo chiqaruvchi mo‘rilarni o‘z vaqtida tozalab turish;
vaqti-vaqti bilan changini chiqarib tashlovchi ventilyator ishini tekshirib turish;
ventilyatsiya anjomi o‘rnatilgan joy yaqinidagi devor, ship, havo tortqich sirtlarini muntazam ravishda tozalab turish va b.
Yong‘in paytida odamlarni va moddiy boyliklarni olib chiqish binoning chiqish yo‘llari ko‘pligi va kengligiga bog‘liq. Hamma zinalarga va chiqishga mo‘ljallangan eshiklar tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak. Tashqi zinalarga qaratilgan romlarga panjaralar qo‘yish va qulflash mumkin emas. Bunday romlar qizilga bo‘yaladi, «Zinopayaga chiqish» deb yozib qo‘yiladi
Ventilyatsiya jihozlarini ishlatishda quyidagi yong‘in havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak:

Sanitariya – epidemiologiya me’yorlari

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha umumiy ovqatlantirish korxonalari ustidan sanitariya – epidemiologiya, go‘sht, sut, baliq va o‘simlik mahsulotlari ustidan veterinariya, fitosanitariya nazoratlari o‘rnatilgan. Korxonalar, inshootlar, oziq – ovqat mahsulotlari ustidan sanitariya – epidemiologiya nazorati 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonuni asosida amalga oshiriladi.
  • Ushbu qonun sanitariya – epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, respublika hududida yashaydigan aholining qulay atrof – muhitga ega bo‘lish huquqini, u bilan bog‘liq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlaydi.

Sanitariya – epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

Sanitariya – epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • atrof – muhitni sog‘lomlashtirish, ovqatlanish, mehnat, turmush, dam olish, ta’lim – tarbiya berish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik, sanitariya holatini yaxshilish va epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlik huquqlarini kafolatlash;
  • xalq xo‘jalik ob’ektlari, texnologiya asbob- uskunalari, transport vositalarini rivojlantirish, joylashtirish, loyihalash, qurish, ishga tushirish davrida atrof – muhit omillarining respublika aholisi salomatligiga zararli ta’sirining oldini olishga qaratilgan faoliyatning ustuvorligini ta’minlash;
  • aholining sanitariya madaniyatini ko‘tarish, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida amalga oshirish;

Yüklə 390 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə