2. Avtamabil yo’llari qomitasi qarashli yo’l korxonalarining yo’l loyihalash bo’limlari tarkibi



Yüklə 76,16 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü76,16 Kb.
#180358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kundalik

T arkibiy tuzilma:
M arkaziy aparat tuzilmasi:
2. Yo’l poyini qurish to’g’risida malumotlar.
Yo’l poyi qurishda ko’pincha yer qobig’i sirt qatlamlarining muvozanat shartlari buziladi. O’ymalarni qazishda gruntning yon tomonlari qiyaliklari qatlamlari siljishi (surilishi) mumkin. Qiyalamaga to’kib hosil qilingan ko’tarmalar qiyalik bo’yicha pastga siljishi mumkin. Тorfli va suvga to’yingan loyli asoslar ko’tarma tagidan bir tomonga siqib chiqarilishi yoki o’zini to’yintirib turgan suvni ko’tarma og’irligi ta’sirida chiqarib yuborib, siqilishi mumkin.
Surilishlar va ko’tarmalarning siljishidan tashqari ko’tarmaning bir butunlikda o’zi ham buzilishi mumkin, buni masalan, tabiiy ta’sirlar natijasida ko’tarma gruntining zichlanishi, o’z og’irligi va o’tayotgan avtomobillardan tushadigan kuchlanish ta’siri keltirib chiqarishi mumkin.
Grunt zichlanganda ko’tarmadan tashqari o’ymalarda ham, agar tabiiy yotgan grunt yetarlicha zich bo’lmasa, nol belgili joylarda ham buzilishlar sodir bo’lishi .Yo’l poyi turg’unligining yo’qolishi qurilish vaqtida unga
berilgan muntazam shaklning o’zgarishi va siljishi yoki yon tomon qiyaligini yonaki ko’pchishi natijasida ham namoyon bo’lishi mumkin.
K o’tarmalarning deformatsiyasi ko’rinishlari:
a - ko’tarma tanasida gruntning zich-lanishidan cho’kish;
b - o’ta namlangan gruntning cho’kish deformatsiyasi;
v - ko’tarma yon tomonining o’pirilishi;
g - ko’tarmaning tog’ yonbag’ri bo’ylab siljishi;
d - asos gruntning siqilishidan cho’kish;
ye - kuchsiz asosning siqib chiqarilishidan cho’kish va ba’zan yonaki siljish;
j - qiyalikning o’pirilishidan siljish.
Yo’l poyining turg’unligini hisoblash zarur bo’lganda gruntlarning deformatsiyalanish jarayoni soddalashtiriladi va alohida qatlamlar chegarasida gruntlar bir jinsli deb faraz qilinadi. Shuning uchun yo’llarni loyihalashda yo’l poyining turg’unligini hisoblash bilan bir qatorda loyihalanayotgan yo’l yaqinidan o’tgan uzoq vaqt ishlatib kelinayotgan avtomobil va temir yo’llarning yo’l poylaridan foydalanish tajribasini hisobga olish zarur.
Kuchsiz gruntlarning ko’tarmadan tushadigan yuklamaga turg’unligi ba’zan «xavfsizlik koeffitsiyenti» - chidash mumkin bo’lgan maksimal yuklamaning qo’yilgan haqiqiy yuklamaga nisbati bilan baholanadi.
Loyihalangan yo’l poyining turg’unlik koeffitsiyenti («Хavfsizlik koeffitsiyenti») 1 dan katta bo’lishi zarur.


Yüklə 76,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə