2. Avtamabil yo’llari qomitasi qarashli yo’l korxonalarining yo’l loyihalash bo’limlari tarkibi


Gruntlarning yo’l poyida joylashuvi



Yüklə 76,16 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü76,16 Kb.
#180358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kundalik

Gruntlarning yo’l poyida joylashuvi

  • Yo’l poyini qurishda foydalaniladigan gruntlarning bir nechta turi bor.

  • Yirik toshli qoya gruntlari - sun’iy qazib olishda hosil bo’ladigan yoki tabiiy sharoitlarda allyuviy yoki delyuvial shaklida yotuvchi qoya jinslarining siniq bo’laklari.

  • Bu gruntlar palaxsali va chaqiq toshli gruntlarga bo’linadi.

  • Palaxsali va chaqiq toshli gruntlar ko’tarmalar qurish uchun yaxshi material hisoblanadi, chunki ular oqayotgan suvlarga qarshi yaxshi turg’unlik ko’rsatadi va suvni shimmaydi. Yemirilgan qoya jinslari orasiga kirgan suv, agar bu jinslar kuchsiz va tez quriydigan bo’lmasa, yo’l poyining mustaxkamligiga va turg’unligiga katta ta’sir qilmaydi. Biroq, yirik bo’lakli qoya gruntlari ishlatilganda shibbalash qiyin bo’ladi. Qoya toshlari to’kilgan yo’l poyi bilan yo’l qoplamasi orasiga 0,5 m qalinlikda oraliq tuproq qatlami yotqizilishi zarur.

  • Sanoat chiqindilari - asosli va neytral metallurgiya shlaklari, toshko’mir shaxtalarining kuydirilgan tashlandiqlari o’z xossalari bo’yicha toshli gruntlarga yaqin bo’lib, ko’tarma qurishda ulardan cheksiz foydalanishga yo’l qo’yiladi. Shag’alli va qumli gruntlar suv o’tkazadi va muzlash vaqtida nam to’plamaydi.

  • Qumoq gruntlar yo’l poyi uchun yaxshi material hisoblanadi. Ular yuvilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi va yonbag’irlarda turg’un bo’ladi. ayirlardagi qumoq gruntli ko’tarmalarda baland suvlar pasayganida oldin ko’tarmaga kirib qolgan suvlarning orqaga /teskari/ xarakati yonbag’irlarning o’pirilishiga sabab bo’ladigan gidrodinamik bosim hosil qilishi mumkin.

  • Loyli gruntlar ancha bog’langan bo’ladi va suv o’tkazuvchanligi juda kamdir, shu munosabat bilan ular suvga sekin to’yinadi va xuddi shunday sekinlikda quriydi. Bu gruntlar agar ularning tabiiy yotqiziq holatidagi namligi optimal qiymatidan oshib ketmasa, quruq joylarda va qisqa muddatli namlanadigan joylarda ko’tarmalarga to’kish uchun qo’llaniladi, o’ta namlangan holatida loyli gruntlar yumshoq-plastik, oquvchanlik holatiga o’tadi va yopishqoq bo’ladi.


Yüklə 76,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə