2. Avtamabil yo’llari qomitasi qarashli yo’l korxonalarining yo’l loyihalash bo’limlari tarkibi


YOʻL POYIDA GRUNTLARNING JOYLASHUVI



Yüklə 76,16 Kb.
səhifə5/10
tarix22.03.2024
ölçüsü76,16 Kb.
#180358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kundalik

YOʻL POYIDA GRUNTLARNING JOYLASHUVI
3
. Yo’l to’shamalarini asosini qurish

A vtomobillarning yil bo'yi harakatlanishini ta'minlash uchun yo'lning qatnov qismida yo'l to'shamasi quriladi. Yo'l poyi sirtiga iqlim omillariga va transport g'ildiraklarining ta'siriga yaxshi qarshilik ko'rsatadigan materiallardan yotqiziladi
Avtomobillar o'tganida yo'l to'shamasida hosil bo'ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so'na
boradi. Bu yo'l to'shamasini ko'p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaxkamlikdagi materiallardan foydalaniladi.
Y
o'l to'shamasining konstruktiv qatlamlari:
1-sirtqi ishlov berilgan qatlam; 2- mayda zarrali
a/b; 3- yirik zarrali a/b; 4-bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5-chaqiq
tosh; 6-qum.
Qoplama - yo'l to'shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o'tkazmaydigan, yeyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaxshi qarshilik qo'rsatadigan, shuningdek iqlim ta'siriga
chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruxsat etiladigan minimal qalinlikda bo'ladi. Qoplama yo'lning zarur foydalanish sifatlarini ta'minlaydi.
Asos - to'shamaning toshlardan yoki bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko'tarib turuvchi mustahkam qismi. Asos bosimni to'shamaning pastda joylashgan qo'shimcha qatlamlariga yoki yo'l poyi gruntiga uzatish va taqsimlash uchun mo'ljallangan. Asosga avtomobil` g'ildiraklari bevosita ta'sir etmaydi, ob-havo yog'inlari esa kam ta'sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va yeyilish qatlamidagiga karaganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar sanoatning mustahkam chiqindilari, bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin. Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo'lishi mumkin.

Yüklə 76,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə