2 G’. O. Mamajanov



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

 
Haydash usuli 
Organik moddalami haydash usuli bilan tozalash ulaming uchuvchanligi 


19
turlicha ekanligiga asoslangan. Moddalami oddiy haydash, vakuumda fraksiyalab 
haydash va suv bug* i yordamida haydash usullari bilan tozalaniladi. 
Agar suyuqlik qaynash haroratida parchalanib ketmasa oddiy bosimda haydash 
usulidan foydalaniladi. Aks hollarda keyingi ikki usul qo‗llaniladi. 
Haydash uchun eng qulay va oddiy idish h a y d a s h k o l b a s i d i r (14-
rasm). Kolbaning og‗zi termometr o‗tkazilgan probka bilan berkitilgan bo‗lib, 
termometming simob ustuni nay bilan bir xil sathda turadi. 
Kolbaga solinadigan suyuqlik haydalayotganda bir tekis qaynashi uchun 
haydash kolbasiga bir uchi kavsharlab berkitilgan shisha kapillyarlar yoki g‗ovak 
g‗isht, chinni bo‗lakchalari solinadi. Suyuqlik qaynayotgan vaqtda kapillyarlardan 
asta-sekin havo pufakchalari chiqib, suyuqlikning bir tekis qaynashini ta‘minlaydi. 
Haydashda suyuq moddalar awal bug‗ga aylantiriladi, so'ngra bug‗ suyuqlik 
tarzida kondensatlanadi. Suyuqlik bug‗ini kondensatlash uchun suv bilan 
sovitiladigan L i b i x s o v i t g i c h i dan foydalaniladi. Haydash kolbasi Libix 
sovitgichiga probka orqali tutashtiriladi. Kolbaning gaz chiqish nayi sovitgich ichiga 
4-5 sm kirib turishi kerak. 
Qaynash harorati yuqori (130°C dan yuqori) bo‘lgan suyuqliklarni 
haydayotganda Libix sovitgichidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki haroratning 
keskin o‗zgarishi natijasida u darz ketishi mumkin. Bu holda ichki diametri 12-16 
mm li shisha naydan iborat havoli sovitgichdan foydalaniladi. 
Oddiy haydash usuli bilan qaynash harorati bir necha o‗n gradusga farq 
qiladigan moddalamigina bir-biridan ajratib olish mumkin. Suyuqliklami tozalashda 
ko‗pincha shu usuldan foydalaniladi (3-tajriba). 


20
Qaynash harorati bir-biriga yaqin bo‗lgan ikki xil suyuqlik aralashmasi 
qizdirilgfmda dastlab past haroratda qaynaydigan suyuqlik bug‗ga aylanadi, so‗ngra 
yuqori va past haroratda qaynaydigan ikkala moddaning bug‗ aralashmasi hosil 
bo‗ladi. Demak, ikki xil suyuqlik aralashmasini oddiy haydash bilan bir-biridan to‗liq 
ajratish mumkin emas ekan. Ularni faqat alohida fraksiyalarga ajratish mumkin: 
birinchi fraksiya asosan past haroratda qaynaydigan modda; ikkinchi fraksiya har 
ikkala suyuqlik aralashmasi; uchinchi fraksiya asosan yuqori haroratda qaynaydigan 
modda. 
Moddalami yetarli darajada sof holda ajratib olish uchun hosil qilingan 
fraksiyalar takror haydaladi (fraksiyalab haydash, 4-tajriba). Ko‗rinib turibdiki, 
fraksiyalab haydash ko‗p vaqt va mehnat talabqilishi bilan birga, bunda moddalar 
parchalanib ketishi ham mumkin. 
Yuqori haroratda qaynaydigan ba‘zi organik moddalar o‗zining qaynash 
haroratida parchalanib ketadi, shuning uchun bunday moddalar fraksiyalarga 
ajratuvchi maxsus vakuum apparatlarda haydaladi (15-rasm). Havo bosimi 20 mm 
gacha kamaytirilsa, ko‗pchilik organik moddalaming qaynash harorati 100-120 °C ga 
kamayadi. Vakuum esa maxsus suv yoki moy nasoslar yordamida hosil qilinadi. 
Organik moddalami ajratib olish va tozalashda suv bug‗i bilan haydash usuli 
ham katta ahamiyatga ega. Bu usul laboratoriyalarda va kimyo sanoatida ko‗p 
qo‗llaniladi. 
Suvda erimaydigan modda suv bug‗i bilan haydalaganda (16-rasm), ulaming 
bosimi P atmosferaga teng bo‗ladi. Aralashma bug‗ining bosimi o‗z navbatida modda 
bug‗ining bosimi P, bilan suv bug‗ining bosimi P
2
yig‗indisidan iborat. Ko‗rinib 
turibdiki P, ham, P
2
ham P dan kichik. Demak, aralashma shu aralashmani tashkil 
etgan har bir suyuqlikning qaynash haroratidan past haroratda qaynaydi. Shuning 
uchun ham bu usul bilan o‗ z qaynash haroratida parchalanib ketadigan maddalami 
tozalash mumkin (5-tajriba). 
Suv bug‗i bilan haydash asbobi deyarli tubigacha tushadigan nayli suv bug‗i 
hosil qiluvchi kolbadan, haydash kolbasidan, uzun sovitgichdan va 


21
yig‗gichdan iborat. Haydash kolbasigatushirilgan nay ham kolbaning qaynab 
tubigacha yetishi kerak. 
Haydash uchun kolbadagi suv gorelka alangasida qizdirib qaynatiladi. Suv 
qaynab chiqqach, rezina nay qisqich bilan kesib berkitiladi va shu vaqtning o‗zida 
asbestlangan to‗r orqali haydash kolbasi ham qizdirila boshlanadi, aks holda suv 
bug‗larining kondensatlanishi hisobiga qaynash kolbasidagi suyuqlik hajmi ortib 
ketadi. 
Haydash tugallangach, gorelka alangasi o‗chiriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə