2 G’. O. Mamajanov


-tajriba  Anilinni suv bug‘i bilan haydash



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

5-tajriba 
Anilinni suv bug‘i bilan haydash 
16-rasmda ko‗rsatilagan asbob yig‗iladi va haydash kolbasiga 50 
ml 
suv hamda 
20 
ml
anilin solinib suv bug‗i hosil qiluvchi kolbadagi suv qaynaguncha qizdiriladi. 
Suv va anilin bug‗i sovitgichda sovib konden- satlanadi va sutsimon oq emuFsiya 
holida yig'gich kolbada to‗planadi. Anilinni to‗liq ajratib olish uchun aralashma 
natriy xlorid bilan to‗yintiriladi, bunda suyuqlik ikki qavatga ajraladi, anilin ajratish 
voronkasi yordamida ajratib olinadi, o‗yuvchi kaliy bilan quritiladi va laborantga 
topshiriladi. 
Tozalangan organik moddalarning asosiy d oimiylarini aniqlash 
Sintezlangan har bir moddani ta‘riflashdan oldin uning fizikaviy xossalari 
o‗rganiladi. Moddalaming fizikaviy xossalari ma‘lum sharoitda har qaysi modda 
uchun o‗zgarmas kattalikdir. Shuning uchun ham bu xossalar moddalaming fizikaviy 
doimiylari deb ataladi. Organik moddalaming fizikaviy doimiylarini aniqlash 
asosidagina uning tozaligi va tuzilishi haqida fikr yuritish mumkin. 
Organik moddalaming suyuqlanish harorati, qaynash harorati, solishtirma 
og‗irligi va nur sindirish ko‗rsatkichi eng muhim fizikaviy doimiylar hisoblanadi. 
6-tajriba 
Moddalaming suyuqlanish haroratini aniqlash 
Moddalaming suyuqlanish harorati suyuqlanishni o‗lchash asbobidan 
foydalanib kapillyarlarda aniqlanadi (18-rasm). Buning uchun yaxshilab quritilgan 
modda (benzoy kislota, aspirin, salisil kislota, salol, mochevina va boshqalar) silliq 
agatyoki chinni hovonchada tuyib kukun holiga keltiriladi. Moddaning bir uchi 
kavsharlangan kapillyarga, kapilyaming ochiq uchi modda kukuniga botiriladi
so‗ngra kapillyar to‗nkariladi va uning kavsharlab berkitilgan uchi shisha plastinkaga 
urilib, og‗ziga yopishgan modda kapillyarlar ichiga tushiriladi. Keyin uzunligi 20 - 30 
sm li shisha nay olinib, plastinka ustida vertikal holatda ushlanadi, tepasidan kapillyar 
ikki-uch marta tashlab yuboriladi. Kapillyar shishaga urilishi natijasida modda 
zarralari uning tagiga tushadi va zichlashadi (kapillyardagi qattiq modda ustunining 
balandligi 3 mm bo‗ lishi kerak). So‗ngra kapillyar rezina halqacha bilan 
termometrga o‗matiladi, bunda kapillyardagi modda termometr sharchasining 
o‗rtasiga to‗g‗ri kelishi lozim. Shundan keyin termometr unga biriktirilgan kapillyar 
bilan birga probirkaga tushiriladi, probirka esa A qismigacha konsentrlangan sulfat 
kislota quyilgan yumaloq tubli kolbaga solinadi. Kolba asbestlangan to‗r ustida sekin 
qizdiriladi, bunda harorat 1-2° dan ortiq ko‗tarilmasligi kerak. 
Kapillyardagi moddaning yuqori qismida suyuqlik halqasi hosil qilgan harorat 
shu moddaning suyuqlanish harorati hisoblanadi. Agar tekshiri- layotgan modda toza 
bo‗lsa, uning suyuqlanish harorati ma‘lumotnomada ko‗rsatilganidan faqat 0,5-1° ga 
farq qilishi mumkin. 


24
Agar tekshirilayotgan moddaning suyuqlanish harorati adabiyotda ta‘riflangan 
biror moddaning suyuqlanish haroratiga teng yoki yaqin bo‗lsa, u holda bu 
moddalami identifikatsiyalash uchun ulaming a r a 1 a sh m a n a m u n a l a r i d a n
foydalaniladi. Buning uchun har ikki moddaning teng miqdori soat oynasida tuyib 
aralashtiriladi va kapillyarga o‗tkazib, suyuqlanish harorati aniqlanadi. Agar 
tekshirilayotgan modda adabiyotda ta‘riflangan modda bilan bir xil boMsa
aralashmaning suyuqlanish harorati toza moddaning suyuqlanish haroratiga teng 
bo‘lishi kerak. Bu moddalar har xil bo‗lsa, aralashmaning suyuqlanish harorati 
ulardan har qaysisining suyuqlanish haroratidan past bo‘ladi. Bu hodisa 
d e p r e s s i y a deyiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə