2 G’. O. Mamajanov


Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari 
Laboratoriyada organik moddalami sifat va miqdor jihatdan tahlil 
qilishdahamda sintezlashda zaharli, oson alangalanadigan, portlovchi reaktiv 
vaerituvchilar bilan ishlashgato‗g‗ri keladi. Shuning uchun ishlatiladigan organik 
moddalaming xossalarini o‗rganish jarayonida yuz berishi mumkin bo‗lgan ko‗ngilsiz 
hodisalaming oldini oladi. Dioksan, tetragidrofuran, yog‗och spirti, piridin, 
akrilonitril, benzol, anilin, xlorangidridlar, sianid kislota va uning tuzlari, fosgen, 
uglerod va azot oksidlari, diazometan, vodorod sulfid, simob, brom va boshqalar 
zaharli moddalardir. Bunday moddalar bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish 
zarur: 
1. Laboratoriyada xalatsiz va sochiqsiz ishlash mumkin emas. 
2. Tajriba o.‗tkazishdan oldin har bir tajribaning yozma bayonini diqqat bilan 
o‗qib chiqish va tajriba uchun olinadigan moddaning xossasini yaxshi bilib olish 
lozim. 
3. Laboratoriyada zaharli moddalar bilan ishlashda birinchi navbatda tortma 
shkaf, asboblaming ulangan yerlari mustahkam boiishi va sintezda ishlatiladigan 
tomizgich, ajratgich voronkalaming jo‗mraklari puxta o‗matilgan bo‗ lishi kerak. 
4. Zaharli moddalami o‗lchashdayoki tarozida tortishda rezina qo‗lqop kiyish, 
himoya ko‗zoynagi taqish, ulardan foydalanib bo‗lingandan keyin esa sovunlab 
yuvish kerak. 
5. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, tinchlikka, batartiblikka va 
xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. E‘tiborsizlik va tartibsizlik 
ko‗ngilsizxodisalarga sabab bo'lishi mumkinligini unutmang. 
6. Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanishga ruxsat etilmaydi. 
7. Suyuqliklami probirkada qizdirilgandaprobirkani qiya ushlash va 
yuqoridan pastaga qarab asta-sekin qizdirsh kerak. Bunda probirkaning og‗zi 
ishlayotgan odamdan boshqatomonga qaragan bo‗lishi kerak. 
8. Gaz gorelkasi va elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang. 
9. O‗tkir xidli moddalar bilan o‗tkaziladigan tajribalami faqat tortma 
shkafdao‗tkazish lozim. 
10. Chig‗anoqqa kislata, ishqor, tez alangalanuvchi suyuqliklar hamda 
oltingurgutli birikmalarni to‗kish yaramaydi. Ulami tortma shkaf tagiga qo‗yilgan 
maxsus idishlargayig‗ish lozim. 
11. Natriy metalini o‗tkir, quruq pichoq bilan filtr qog‗oz ustidakesish kerak. 
Uning qiyqindilarini, qoldig‗ini chig‗ anoqqa tashlamasdan, quruq kerosin yoki 
vazelin moyi solingan alohida shisha idishgayig‗ishtirib oling. 
12. Etil-efir, spirt, benzol, atseton, sirka etil-efir, petroley efiri va boshqa tez 
alangalanuvchi moddalar bilan ishlaganda bu moddalami bevosita alangada qizdirish, 
alanga yaqinida saqlashga ruxsat etilmaydi. Ulami suv hammomida yoki maxsus 


5
elektr plitalaridagina qizdirish mumkin. 
13. Idishdagi suyuqlik tasodifan alangalanib ketgan taqdirda avvalo qizdirish 
manbaini o‗chirish, so‗ngra alanga ustiga sochiq yoki chinni kosacha yopish lozim. 
Agar suyuqlik stolga to‗kilib yonayotgan bo‗Isa, uni faqat qum bilan o‗chiring. 
Alangani suv bilan o‗chirish yaramaydi, chunki organik erituvchilar suv bilan 
aralashmaydi, natijada alanga kengayadi. 
14. Agar ishlayotgan kishilamingkiyimi yonib ketsa, uni darhol adyolyoki qalin 
mato bilan o‗rab, yonayotgan kiyimga havo kirishigayo‗1 qo‗ymaslik lozim. 
15. Konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki 
kislotani suvga tomchilatib, muttasil aralashtirib turgan holda qo‗shish kerak, aks 
holda kislota sachrab, portlashi mumkin. 
16.0‗yuvchi ishqorlar chinni hovonchada eritiladi. 
17. Laboratoriyada moddaning mazasini tatib ko'rish mumkin emas. 
18. Ishni tugatgach, ishjoyini tartibga keltirish: elektr asbolari, suv, gazning 
o‗chirilgan-o‗chirilmaganligini tekshirib ko‗rish lozim. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə