2 G’. O. Mamajanov


Organik kimyo laboratoriya mashg’ulotlarida ishlatiladigan kimyoviy



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

 
Organik kimyo laboratoriya mashg’ulotlarida ishlatiladigan kimyoviy 
idishlar. 
Organik kimyo laboratoriyasida probirkalar, silindrlar, menzurkalar, stakanlar, 
harxil kolbalar, voronkalar, turli sovitgichlar, deflegmatorlar ishlatiladi. Bu idish va 
asboblar asosan shishadan ishlangan bo‗ ladi. o‘z navbatida shishalar ishqor hamda 
kislotalar ta‘siriga, yuqori haroratga chidamli bo‗ lishi kerak. Silikatli va molibdenli 
shishalar ana shunday shishalar jumlasidandir. Yuqori haroratga chidamli 
«Pireks»turidagi shisha yuqori haroratga chidamli shishahisoblanadi. 
Kolbalar. 
Yumaloq yassi tubli (a), konussimon (Erlenmeyer kolbasi) (b), 
yumaloq (d) va noksimon (e) kolbalar bo‗ lib, ular har xil shishalardan turli katta- 
kichiklikdayasalgan bo‗ladi (1-rasm). 


7
Yumaloq yassi tubli va konussimon kolbalar eritmalar tayyorlashda
erituvchilami saqlashda, qaytakristallashda va shunga o‗xshash ishlami bajarishda 
ishlatiladi. 6u kolbalardan yuqori haroratda olib boriladigan ishlarda, ayniqsa bosim 
ostida o‗tkaziladigan tajribalarda foydalaniladi. Chunki bunda kolbalar yorilib ketishi 
mumkin. Yuqori haroratda va vakuumda olib boriladigan hamma ishlar har xil katta-
kichiklikdagi yumaloq tubli noksimon kolbalar bilan o'tkaziladi. Tajribalar 
murakkabligiga qarab bir, ikki, uch og'izli yumaloq kolbalarda o‗tkaziladi va ular 
kerakli moslamalar bilan jihozlanadi (2-rasm). 
Moddalami oddiy sharoitda haydash uchun Vyurs kolbalari (3-rasm. 
a)
, vakuumda haydash uchun esa Andreev (b) va Klayzen (d) kolbalari 
ishlatiladi. Bu kolbalar mahsus issiqqa chidamli shishalardan tayyorlanadi. 


8
Yumaloq tubli kolbalarni har xil nasadka deflegmatorlar bilan ulab, 
erituvchilami oddiy sharoitda, vakuumda haydash ishlarida va boshqa moslamalami 
yig‗ishda ishlatish mumkin. 
Ba‘zi bir ishlami bajarish uchun mahsus moslama yig‗ ishda kichik shlifli 
kolbalami katta shlifli sovutgichga boshqa biror asbobga ulash kerak bo‗lsa yoki 
aksincha, kichik shlifli sovitgichni katta shlifli kolbaga ulash to‗g‗ri kelsa, bunday 
hollarda standart bo‗lgan, me‘yorda shliflangan muftalardan (4-rasm) foydalanish 
mumkin. Shliflarning o‗lchami millimetrlarda ifodalanadi. Ko‗p qoMlaniladigan 
shliflar-NSh 12;NSh 14, 5; NSh 19; NSh 29 shliflardir. Shuningdek, ba‘zi katta 
idishlarda, eksikatorlarda va sovitgichlarda katta shliflar NSh 45; NSh 70 ham 
uchraydi. 
Me‘yordagi shliflarning katta-kichikligi ichki shliflarda ulaming tashqi 
diametri bilan, tashqi shliflarda esa ichki diametrning o‗lchovi bilan belgilanadi. 
Ishlash vaqtida shliflarga yupqa qatlam qilib mahsus moy yoki vazelin surtish 
kerak, shliflar orasiga har xil smola, kuchli ishqoriy hossaga ega bo‗lgan moddalar 
kirib qolmasligi zarur. 


9
Ba‘zan shlifli probkalami ochish, shlifli ulangan qismlami ajratish qiyin bo' lib 
qoladi. Bunday vaqtlarda shliflar orasiga erituvchi tomiziladi. Shlifli joylar bir oz 
qizdiriladi yoki yog‗och bolg‗acha bilan urib ko‗riladi va shu usul bilan ochib 
ajratiladi. 
Sovitgichlar va ularning turlari. Sovitgichlar suyuqlik bug‗larini kondensatlash 
uchun ishlatiladi. Suyuqlik bug‗lari havo yordamida kondensatlansa havoli 
sovutgichdan (5-rasm, a, b) suv oqimi bilan sovitilsa, Libix sovitgichi va turli 
qaytarma sovitgichlardan (5-rasm d, e, f, g) foydalaniladi. Suvli sovitgichlarda suv 
har doim sovitgichning pastki naychasidan kirib, yuqori naychasidan chiqib ketishi 
kerak. Sovitgichga suv shunday usulda yuborilganda u suv bilan to‗g‗ri toMdirilgan 
hisoblanadi va teskari oqim hosil qilinadi, aks holda sovitgich suv bilan to‗lib 
turmaydi. 
Kimyoviyjarayonlar odatda qaytarma yoki oqimi pastgayo‗naltirilgan 
sovitgichlar bilan jihozlangan kolbalarda olib boriladi. Qaytarma sovitgich bilan ish 
olib borilganda erituvchi bug‗lanadi. U sovitilganda kondensatlanib suyuqlikka 
aylanadi va qaytadan kolbaga oqib tushadi. Erituvchi yoki biror suyuqlikni haydab 
olayotganda oqim pastga yo‗naltirilgan Libx sovitgichidan foydalaniladi, bunda bug‗ 
holidagi suyuqlik yoki erituvchi sovitgichda kondensantlanib, yig‗gich kolbaga 
quyiladi. 


10
Turli qaytarma sovitgichlar asosan qayta kristallga tushirish yoki reaksion 
aralashmalarni 
qizdirishda 
ishlatiladi. 
Bunda 
bug
4
holatidagi 
moddalar 
kondensatlanib suyuqlikka aylanadi va qaytadan kolbaga tushadi. 
Qaynash harorati 150 °C dan yuqori bo‗ Igan suyuqliklar havoli sovitgichlarda, 
qaynash harorati 150°C dan past bo'Igan moddalar esa Libix sovitgichlarida 
haydaladi. 120-150 °C haroratda qaynaydigan moddalar Libix sovitgichida suv 
oqimito‗xtatibqo‗yilganholdaxaydalsa, 120 °C dan past haroratda qaynaydigan 
moddalar sovitgichdan suv o‗tkazib turilgan holda xaydaladi. 
Sokslet va Din-Start apparati. Organik erituvchilarda qiyin eriydigan qattiq 
moddalmi ekstraksiya qilish uchun ko‗p erituvchi va uzoq vaqt talab qilinadi. 
Shuning uchun bunday hollarda maxsus asbob -ekstraktorlardan, jumladan Sokslet 
apparatidan (6-rasm) foydalaniladi. Apparat uch qismdan iborat: kolba (1), ekstraktor 
(2) va qaytarma sovitgich (3). Ekstraksiya qilinuvchi aralashma filtr qog‗ozdan 


11
yasalgan gil‘zaga solinib ekstraktorga joylashtiriladi. Kolbaga va ekstraktorga yetarli 
miqdorda erituvchi quyilib, sovitgichga ulangandan so‗ng kolba suv hammomida 
qizdiriladi. Erituvchining nay (4) orqali ko'tarilgan bug‗lari sovitgichda 
kondensatlanib ekstraktorga tushadi va ma‘lum balandlikkacha ko‗tariladi. Shundau 
o‗zida erigan modda bilan birga sifon (5) orqali kolbaga quyiladi. Kolbadagi suyuqlik 
doim qaynab turishi va soatiga taxminan 6-8 marta kolbaga quyilishi kerak. 
Agar ekstraksiya qilinishi kerak bo‗lagan modda organik moddaga nisbatan 
suvda yaxshi eriydigan bo‗ Isa, unday moddalami ajratgich voronkada ektraksiyalash 
yaxshi natija bermaydi. Bunday hollarda eritma to‗xtovsiz ekstraksiya qiluvchi 
maxsus asboblarda ekstraksiya qilinadi. 7-rasmda eritmani to‗xtovsiz ekstraksiyalash 
asbobi - Din-Stark apparati ko‗rsatilgan. Yumaloq tubli kolba (1) ga solingan 
erituvchi qaynagunicha suv hammomida qaynatiladi. Erituvchining bug‗i teskari 
sovitgichga (2) kondensatlanib, ekstraktorga (3) o‗matilgan voronkaga (4) oqib 
tushadi. Ekstraktsiyalanuvchi eritmaning solishtirma og‗irligi erituvchining 
solishtirma og‗ irligidan katta bo‘lgani uchun voronkadan tushgan erituvchi eritma 
orqali o‗tib, moddani ekstraksiyalaydi va eritmaning yuqori qismiga ko‗tarilib yana 
kolbaga qaytib tushadi. 
Ekstraksiya tugagandan so‗ng kolba sovitiladi va qaytarma sovitgichdan 
ajratiladi, erituvchi esa haydaladi. Kolbada qolgan qoldiq modda ma‘lum usullar 
bilan tekshiriladi. 
Aralashtirgichlar. 
Kimyoviy 
reaksiyalarda 
reaksiyaga 
kirishuvchi 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə