2 G’. O. Mamajanov


Kuyganda va zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

 
Kuyganda va zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish 
Laboratoriyada muayyan dori-darmonlar saqlanadigan aptechka bo‗lishi shart. 
Aptechkada gigroskopik paxta, sterilizatsiya qilingan tampon va bint, plastir, yodning 
spirtdagi 3 - 5% li eritmasi, sirka kislotaning 1 % li eritmasi, sodaning 1 - 3% li 
eritmasi, borat kislotaning 2% li eritmasi, glitserin, vazelin, kuyganda ishlatiladigan 
surtma moy va novshadil spirt bo‗ lishi kerak. 
Laboratoriyada ishlayotgan kishining biror yeri kuyib yoki zaharlanib qolganda 
darhol quyidagichayordam ko‗rsatish, ammo bunda shoshma- shosharlik bilan ish 
yuritmasliklozim: 
1. Issiqlik ta‘sirida kuygan joyga kuyganda ishlatiladigan surtma moyli paxta 
qo‗yib, bo‗ shroq qilib bog1 lash lozim. Shuningdek, kaliy permanganatning suyuq 
eritmasi yoki spirt bilan xo‗ Uangan paxta qo‗yib bog‗ lash ham mumkin. 
2. Kislota ta‘sirida kuygan joyni avval suv bilan, so‗ngra natriy bikarbonatning 
3% li eritmasi bilanyuvishvakuygandaishlatiladigan moy surtish kerak. 
3. Ishqor ta‘sirida kuygan joyni awal suv bilan, so‗ngra sirka kislotaning 1 % li 
eritmasi bilan yuvish va vazelin surtib bog'lab qo‗yish lozim. 
4. Teriga brom tushganda uni darxol benzol, benzin bilan yuvib, key in dori 
surtiladi. 
5. Kislota va ishqorlar kiyimga tushsa, shu joyni darhol yaxshilab suv bilan, 
so'ngra natriy bikarbonatning 3% li eritmasi (kislota tushganda) yoki sirka kislotaning 
1 %li eritmasi (ishqor tushganda) bilanyuviladi. 
6. Qo‗lni shisha kesganda uni suvning kuchli oqimi bilan yuvish, yaradagi 
shisha siniqlarini olib tashlash vayodning spirtli eritmasidan surtib bog‗lash kerak. 


6
7. Kuyishga birinchi yordam ko‗rsatilgach, jaroxatlangan talaba darhol 
shifokorga murojaat qilishi lozim. 
8. Laboratoriyada kishi ko‗pincha is gazi, vodorod sulfid, sulfid angidrid, 
ammiak va boshqa gazlar bilan zaharlanishi mumkin. 
Is gazi va'vodorod sulfid bilan zaharlanganda kishining boshi aylanadi, 
darmonsizlanadi, ko‗ngli ayniydi hamda hushidan ketadi. 
Azot oksidlari sekin ta‘sir qiluvchi zaharli gazlar bo'lgani uchun juda xavflidir. 
Ular ko‗z va nafas yo‗li shilliq pardalariga ta‘sir qilib tomoqni quritadi, yo‗taltiradi 
va ko‗ngilni aynitadi. 
Bu gazlar bilan zaharlanganda kishini darhol toza havoga olib chiqib, sun‘iy 
nafas oldirish va shifokomi chaqirish kerak. 
Xlor, brom, fosgen, sulfid angidrid va ammiak bilan zaharlanganda ko‗z va 
nafas olish yo‗li shilliq pardalari jarohatlanib, yurakka ta‘sir qiladi. Bu gazlar bilan 
zaharlanganda ham zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqib, sun‘iy nafas 
oldiriladi. 
Sianid kislota va uning brikmalari bilan zaharlanganda tezda shifokor chaqirib, 
sun‘iy nafas oldirish kerak. Bunda zaharlangan kishi qayt kildirilib, so‗ngraunga 
10m/3% li vodorod peroksid, 250 ml suv ichiriladi. 
Kislota va ishqorlar bilan zaharlanganda shifokor chaqirilib, zaharlangan 
kishigako‗p suv ichiriladi so‗ngra ikki qismfaollashtmlganko‗mir,birqismmag- niy 
oksid va bir qism tannin aralashmalaridan iborat bo" Igan bir choy qoshiqdagi 
aralashma bir stakan iliq suvga-solinib ichiriladi. Bu aralashma zaharlanishga qarshi 
universal dori hisoblanadi. Shundan so‗ng zaharlangan kishiga yumshatuvchi 
ichimlik (sut, yangj tuxumningoqi,qatiqvaboshqalar) ichiriladi. 
Shuningdek, zaharli suyuqliklar: atseton, formalin, metil yoki amil spirt, anilin 
va shunga o‗xshashlar ichga ketib qolsa, qayt qildirib sut, qatiq vatuxum oqsili 
ichiriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə