2-ilova Mavzu: korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim



Yüklə 448,35 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü448,35 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6   7
Коррексион педагогика(9-mavzu)

2. Anomal bolalarni tarbiyalash

  • - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo`lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o`rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko`rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
  • 3. Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
  • 4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko`ra umumiy pedagogik ta’sir ko`rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi
  • 5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o`rnini to`ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
  • 6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
  • 7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash.
  • 8. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko`nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.

Yüklə 448,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə