2-ilova Mavzu: korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim



Yüklə 448,35 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü448,35 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6   7
Коррексион педагогика(9-mavzu)

Surdopedagogikaninng vazifalari:

- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdek, eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko‘ra ularni o‘qitish qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o‘rganish;


- eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;
- qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ta’lim texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va boshqalar.
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o‘qitishning didaktik va maxsus metodikalarini yaratish;
Ko‘rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug‘ullanadi (yunoncha «typhlos» – ko‘r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi. Ko‘rish qobiliyatining buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma ko‘r bo‘lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko‘rish nuqsonlarining yuzaga kelishida nasliylik ham ko‘zga tashlanadi.
Ko‘rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-ko‘r tug‘ilganlar.
-erta ko‘r bo‘lib qolganlar;
-uch yoshidan keyingi ko‘r bo‘lib qolganlar.

Inklyuziv ta’lim va uning maqsad va vazifalari. Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:


ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.

Yüklə 448,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə