2-ilova Mavzu: korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim


Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari



Yüklə 448,35 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü448,35 Kb.
#158687
1   2   3   4   5   6   7
Коррексион педагогика(9-mavzu)

Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korrektsiya bilan korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so‘z va paideia - tarbiyalash) shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
-tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
-psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
-nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
-fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi) ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etadilar. Eshitish – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi yoki tovush analizatori (tovush ta’sirini qabul qiluvchi va ajratuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi.
Qulog‘i og‘irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: nasliy, tug‘ma va kelib chiqqan tarzda turlarga ajratiladi.
eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug‘ullanadi. Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.

Yüklə 448,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə