2-ilova Mavzu: korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim



Yüklə 448,35 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü448,35 Kb.
#158687
  1   2   3   4   5   6   7
Коррексион педагогика(9-mavzu)


2-ilova
Mavzu: KORREKTSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM
Reja:
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.
2.Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.
3.Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari.
4.Nutqida nuqson bo‘lgan, eshitish, ko‘rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish yo‘llari.
5.Inklyuziv ta’lim va uning maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar: Korreksion pedagogika, anomal bolalar, Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika, Logopediya, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog
Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.
Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi
Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.

Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:

  • 1. Anomal bolalarni o`qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko`rish qobiliyatini yo`qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.

Yüklə 448,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə