2. Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish Savdoni rag‘batlantirishning maqsadlari Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati



Yüklə 30,83 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü30,83 Kb.
#150704
1   2   3   4   5   6   7   8
Maqsadlari Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati-fayllar.org

Tez-tez xarid uchun taqdirlash dasturi. Mukofotlarni kompaniya tovarlarini yoki xizmatlarini doimiy sotib oladigan iste’molchilarga berishni ko‘zda tutadigan dastur.



Sovrinlar (tanlovlar, aksiyalar, o‘yinlar). Sovrin – bu xarid natijasida pul summasini, sayohat yoki tovar sotib olish imkoni. Tanlovga artistlar eng yaxshisini tanlab oladigan iste’molchilar ishlari qo‘yiladi. Aksiyalar iste’molchilar o‘z ismlari va boshqa ma’lumotlarini xabar qilib, uyida ishtirok etishlarini ma’lum qilishlarini talab etadi: g‘oliblar tasodifiy ravishda tanlanadi. O‘yin davomida har bir xaridi davomida biror narsa oladi. Bu Bingo o‘yini uchun raqam, so‘z tuzish uchun harflar v.b. bo‘lib, uni sovrin olishiga yordam beradi.




Doimiy mijozlarni rag‘batlantirish. Pul yoki boshqa chegirmalar sotuvchi yoki ularning guruhi tomonidan mutanosib holda belgilanadi.



Bepul sinab (sotib) ko‘rish. Keyinchalik sotib olinishini hisobga olib, tovarni bepul sinab (totib) ko‘rishni taklif etish



Kafolatlar. Sotuvchining tovar ma’lum vaqt davomida iste’molga yaroqliligi va aks holda sotuvchi tovar sifatini tiklashi yoki sotib olgan xaridorga pulni qaytarishi haqida yozma yoki og‘zaki kafolati

Qo‘shma rag‘batlantirish. Ikki yoki undan ortiq savdo markalari (kompaniyalar) ta’sir etishni kuchaytirish uchun kuponlar, kompensatsiyalar yoki tanlovlar taklif etib birlashadilar.



Kesishgan rag‘batlantirish. Bitta savdo markasi boshqa, raqobatlashmaydigan markadan ilgarilash uchun foydalanadi.



Savdo joyida ekspozitsiyalar va namoyishlar. Tovarlarni sotib olish va sotish joylarida o‘tkaziladigan savdo ekspozitsiyalari (stendlari) va namoyishlar






Yüklə 30,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə