2-ma’ruza. Yashash muhitlari va ekologik omillar Reja


-rasm. YAntoq(A) va bo‘g‘doy(B) ildizining moslashuvi



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə2/2
tarix07.06.2022
ölçüsü3,06 Mb.
#88975
1   2
ekologik omillar

7-rasm. YAntoq(A) va bo‘g‘doy(B) ildizining moslashuvi.
Fiziologik moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra, ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarining uchrashi yoki cho‘lda yashovchi hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yog‘larning biokimyoviy oksidlanishidan foydalanishi kabilar misol bo‘ladi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bevosita ko‘rsatadigan ta’siriga quyidagilar kiradi: parazitizm, simbioz, bir o‘simliklarning boshqasiga mexanik ta’siri, birining ikkinchisini siqib chiqarishi, (lianalar va epifitlar va boshqalar). Antropogen omil bu insonlarning tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri. U salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy ta’sirga, biotsenozlar hosil qilish, daraxtlarni ko‘paytirish va boshqalar kiradi. Salbiy ta’sirlarga havo, suv, tuproqni ifloslantirish, o‘simliklar jamoasining degradatsiyaga uchratilishi, erlarning eroziyaga uchrashi va boshqalar kiradi.
YOrug‘lik, harorat, suv va boshqa ekologik omillar
YOrug‘lik o‘simliklar uchun birinchidan fotosintez jarayonining amalga oshishida asosiy sharoitlardan hisoblanadi, ikkinchidan u transpiratsiyani, ya’ni bug‘lashishni tezlashtiradi. Uchinchidan, o‘simliklarning o‘sish tezligini sekinlashtiradigan muhit omili hisoblanadi. Lekin bu jarayonlar har doim bir xil o‘tmaydi. O‘simlik rivojlanishi fazasini o‘tganda, ma’lum darajada, yorug‘lik va qorong‘ulikni talab qiladi.
Hayvonlar uchun yorug‘lik yashil o‘simliklar singari muhim omillardan hisoblanmaydi. CHunki bu geterotrof organizmlar o‘simliklar tomonidan yig‘ilgan energiya hisobiga yashaydi. Lekin hayvonlar hayotida, quyosh spektrining yorug‘lik qismi muhim rol o‘ynaydi. YOrug‘lik sevar hayvonlar fotofillar deyiladi. qorong‘ulikni sevar hayvonlar fotofoblar deyiladi.
YOrug‘likning keng diapozoniga moslashgan hayvonlar evrifot hayvonlar deyiladi.
Harorat ekologik omili. Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo‘lib, bu hayotiy jarayonlar unga bog‘liq. Harorat organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. U, o‘simliklar va hayvonlar ta’sirida o‘zrapib turadi.
Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapazonida yashaydi. Ko‘p turlar uchun 20 —30°S ekologik optimum hisoblanadi. Ko‘pchilik gidrobiontlar esa 35°S dan baland haroratda yashay olmaydi. quruqlikda yashovchi issiqsevar organizmlar 50°S haroratga ham chidamlidirlar.
qisqichbaqalarning bir turi 45—48°S da yashaydi va suv harorati 30°S ga tushganda esa o‘lib qoladi. Mollyuskalarning ayrim turlari 60°S gacha haroratga chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70—90°S haroratli manbalarda uchraydi, sporalari esa 120— 140°S gacha chidaydi. Bu hayotning eng baland harorat chegarasi hisoblanadi.
Temperaturaning keng diapozoniga chidamli turlar — evriterm turlar, temperaturaning tor diapazoniga chidamli turlar stenoterm turlar deyiladi.
Harorat o‘simlik va hayvonotning zonal tarqalishni belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Xarakterli tabiat zonlari biom deyiladi. Biomlarning tarqalishi geografik va vertikal zonalar bo‘yicha tarqalish prinsipiga bo‘ysinadi. Geografik zonalar: tundra, o‘rmon, dasht, yarim cho‘l, cho‘l. Vertikal zonalar: cho‘l, adir, tog‘, yaylov.
Hayvonlar temperatura omiliga moslashish darajasiga qarab 2 xilga ajratiladi.
1. Poykiloterm.
2. Gomoyoterm.
Fizikaviy termoregulyasiya, hayvonlar uchun ekologik tomondan foydaliroq. Bu sutemizuvchi hayvonlarda tananing yung bilan qoplanishi, qushlarda pat bilan qoplanish, teri ostida yog‘ qatlamining bo‘lishi.
Temperatura organizmlarning tinim holatidan chiqishi, diapauzaga o‘tishi yoki migratsiyaga ketishiga sabab bo‘ladi. U o‘simliklar va hayvonlardagi hayot formalariga ta’sir qiladi.
Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə