2-Mavzu: falsafiy tafakkur taraq


Valiyev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə16/18
tarix28.11.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#136124
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2-mavzu

Valiyev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag’ishlangan. U bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, O’zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini rivojining zarurliginiasoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiyev nashr qilingan ”O’rta Osiyoda milliy ziyolilarining shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g’oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiyev 30 yillarda qatag’on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo’jayev va T.Risqulovnning mash’um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O’rta Osiyodagi milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag’ishlangan asarida 1917-1960 yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq xo’jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o’rni, milliy ziyolilarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiyev jamoat ishlarida ham faol ishtirok qilgan. 1961-65 yilllarda u “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali bosh muharriri o’rinbosari, va “O’zbek ensiklopediyasi”ning bosh muharriri birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan. O’zbek ensiklopediyasining birinchi 8 jildligini nashrga tayyorlashda faol ishtirok qilgan.
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog’liq. U mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida to’planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo’lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, obyektiv omillari va subyektiv zaminlarini tahlil etgan. Shuningdek E.Yusupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e’tibor bergan. E.Yusupov o’zining “Inson kamolotining ma’naviy asoslari”(1998) asarida inson ma’naviy kamoloti va jamiyat taraqqiyotining o’zaro bog’liqligi ma’naviyatning xususan axloq odob, imon, vijdon, e’tiqod madaniyat, ma’rifat kabi omillarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, ularning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo’llaridan biri ekanligini tahlil etgan. Xususan u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. E.Yusupov milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O’zMU falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə