2-mavzu: Mustаqil o’zbekistоn Respublikаsining tаshkil tоpishi vа uning


«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə7/16
tarix29.01.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#99662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2-mavzu Mustаqil o’zbekistоn Respublikаsining tаshkil tоpishi v (1)

«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: „O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir“, — deb qonunlashtirib qo‘yildi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi.
Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi.
Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni „O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari „O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991-yil 18-noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida“qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi. 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz,deb ovoz berdi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi.
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asorotdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi O‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Tarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan.
Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniytarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasipaydo bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə